11
ushbu jarayonni tashkil qilish, uni boshqarish kafolatlangan natijaga
erishishini ta’minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni
o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika
va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Tibbiyotda pedagogikani o‘qitishdan
maqsad
– bo‘lajak
shifokorlarda psixologik va pedagogik kasbiy kompetentlikni shakl-
lantirish, talabalarning kelgusidagi shifokorlik faoliyatida insonpar-
varlik tamoyillariga rioya qilishga o‘rgatish, shaxsiy, umum madaniy
hamda maxsus kompetentlik qirralarini takomillashtirishdir.
Pedagogikaning metodologik asosi jamiyatning taraqqiyot bos-
qichlaridagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-
qoidalarini,
qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va shifokor-
pedagoglarning ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning
rivojlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Demak,
mustaqil
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan,
o‘z yurti, o‘z xalqiga fidoyi, Vatan taraqqiyotiga
xizmat qilishga
tayyor shifokorlarni tayyorlash masalasi – tibbiyot pedagogikadagisi
bosh masala sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shunday ekan,
tibbiyot
pedagogikasi
– jamiyat va shaxs munosabatlarini tizimlashtiradigan
tarbiya va ta’lim muammolarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga
chiqib, unda hozirgi zamon fani va
metodologiyasining quyidagi
umumiy masalalari yoritiladi:
Ш fan tarixi va taraqqiyoti;
Ш fan
haqidagi asosiy konsepsiyalar;
Ш hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb muammolar va ularning
yechimini topishda zarur bo‘ladigan metodlar, usullar va vositalar.
Boshqa fanlar kabi pedagogika ham jamiyatning talab va ehtiyojlari
asosida paydo bo‘ldi va jamiyat ijtimoiy
taraqqiyoti bilan uzviy
rivojlanib bormoqda. Shu sababli ta’lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy
hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki ta’lim-tarbiyaviy
ishlarni olib bormasdan turib, jamiyat rivojlanishini, barkamol insonni
tarbiyalashni tasavvur qilish qiyin.
Dostları ilə paylaş: