Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Pedagogik san’at va mahorat, ularning qismlari va ijtimoiy



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Pedagogik san’at va mahorat, ularning qismlari va ijtimoiy 
ahamiyati.
O‘qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonida tahsil oluvchilarni 
darsning turli elementlarini bajarishga jalb etadi, ularga tashkilotchi 
va ijrochi rollarida qatnashishga imkoniyat beradi.
Muloqot shaxsni o‘zligini anglashga imkoniyat beradi. O‘qituv-
chining asosiy vazifalaridan biri – tahsil oluvchiga o‘zining “Meni”ni 
anglashga yordam berishi, uning qadr-qimmati, o‘zligini bilishga
o‘ziga baho berishga o‘rgatishi kerak. Pedagogik jarayonda rollar 
almashinishi yordamida muloqot o‘rnatiladi. Bunda ijtimoiy 
shakllanib qolgan xatti-harakatlar dasturlanadi.
Ijtimoiy rollar almashinuvi shaxsning har tomonlama namoyon 
bo‘lishini ta’minlaydi, niqobni olib tashlab boshqa kishi roliga 
kirish va shu bilan insonni inson orqali idrok qilish jarayoniga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ayniqsa, bugungi kunda keng tus olgan interfaol uslublar 
orqali o‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan 
foydalanadilar, darsning ayrim elementlarini bajarishga tahsil 
oluvchilarni taklif qiladilar, har bir tahsil oluvchini o‘qituvchi rolini 
bajarishga imkon beradilar. O‘z shaxsi qimmatini namoyon qilish 
ham muloqot funksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Muloqotning 
eng muhim funksiyalaridan biri – empatiyaga moyillik, hamdard 
bo‘lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunish, boshqalar nuqtayi 
nazarini ma’qullash qobiliyatini shakllantirish jarayonida amalga 
oshadi va jamoadagi munosabatlarni me’yorga keltiradi. Bunda tahsil 
oluvchining istaklarini tushunish va bular asosida tahsil oluvchiga 
ta’sir etish zarurligini anglash o‘qituvchi uchun juda muhimdir.
Muloqot funksiyalarini bilish o‘qituvchilar uchun dars va undan 
tashqarida tahsil oluvchilar bilan bo‘ladigan muloqotlarni yaxlit 
jarayon sifatida tashkil etishga yordam beradi.
118
Pedagogik muloqotni modellashtirish
. “Modellashtirish – bi-
lish obyektlarini o‘z tushunchalari asosida tadqiq etish; jarayon va 
hodi salarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida modellar orqali 
o‘rganish”
1
.Darsga tayyorgarlik ko‘rayotganda muloqotning barcha 
funksiyalaridan yaxlit tarzda foydalanishga erishish zarur. 
Mohir 
o‘qituvchi darsni modellashtirishda nafaqat fanga oid ma’lumot berish 
haqida, balki tahsil oluvchilarning o‘z shaxsini namoyon qilishlari va 
o‘z shaxsiy qobiliyatini ham ko‘rsata olishlariga sharoit yaratishni 
rejalashtirishi zarur.
Muloqot, uning tarkibiy tuzilishi ustida izlanish olib borgan olim 
Kan-Kalik fikricha, o‘qituvchi, ayniqsa, uning yordamiga muhtoj 
bo‘lgan tahsil oluvchilarga alohida e’tibor berishi, har bir tahsil 
oluvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan 
mehnatni tashkil etishni oldindan o‘ylab qo‘yishi lozim. 
Muloqot texnikasini bilish o‘qituvchiga har bir vaziyatda o‘z xatti-
harakatlarini to‘g‘ri tashkil etishiga yordam beradi. O‘zaro ta’sir uchun 
tanlangan noto‘g‘ri pedagogik xatti-harakat yoki noto‘g‘ri muloqot 
shaklining qo‘llanilishi, ya’ni muloqotga uni amalga oshirish nuqtayi 
nazardan tayyorlanmaganlik, o‘qituvchi va tahsil oluvchi o‘rtasida 
kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Kommunikativ o‘zaro 
ta’sir samaradorligini oshiruvchi quyidagi vositalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Muloqotga moslashish – iborasi K.S.Stanislavskiy tomonidan 
kiritilgan bo‘lib, u hal etilayotgan masala va pedagogik vaziyat xusu-
siyatiga moslashgan ruhiy mimika va pantomimika, nutq va harakat 
usullari sistemasini tanlab muloqot tarkibini tashkil etishni angla ta di. 
Insoniy muloqatning har qanday akti obyektga moslashuv tizimidan 
iboratdir. Pedagogik muloqotni modellashtirishda ularni inobatga 
olish zarur, chunki shifokorlarning kasbiy kommunikatsiyasida mos-
la shishning o‘zaro ta’sir etish samarasini oshiradi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin