Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

(lot. “natura” – tabiat)
falsafiy manzarasi tarzida izohlash 
namoyon bo‘la boshladi:
– Fales (eramizdan avvalgi VII
 –
VI asrlar), Aneksimon (eramizdan 
avvalgi V asr), Geraklit (eramizdan avvalgi VI
 –
V asrlar) ruh olamining 
ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo olov)ning insonlar va 
hayvonlarga jon bag‘ishlovchi shakli tarzida talqin qilishadi;
– Eramizdan avval yashab o‘tgan yunon faylasuflarining ilmiy 
izlanishlari natijasida materiyaning jonliligi (
gilozoizm
) to‘g‘risidagi 
g‘oya yuzaga keladi;
– Materiyaning jonliligi haqidagi g‘oyani rivojlantirgan atomizm 
(yunon. “atomos” – bo‘linmas)
namoyandalari Demokrit (eramizdan 
avvalgi V
 – 
IV asrlar), Epikur (eramizdan avvalgi IV
 – 
III asrlar), 
Lukritsiy (eramizdan avvalgi I asr) bir qancha fikrlarni ilgari surdilar, 
jumladan:
− ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jismdir;
− moddiy asos hisoblanmish aql;
− hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo;
− ruh bilan aql tana a’zolari bo‘lganligi bois, ularning o‘zi ham 
tanadir;
− ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan tarkib topadi.
Yuqoridagi mulohazalar organizmning anatomik-fiziologik tuzili-
shi, miyaning tarkibi singari moddiy asoslarga suyangan holda real 
voqelikni tushuntirish imkoniyatiga ega emas edi. 
Aflotun (Platon) jonning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi tushunchani 
psixologiyaga olib kiradi. Uning fikricha, aql-idrok, jasorat, orzu-
istak kabilardan iborat bo‘lib, ular bosh, ko‘krak qorin bo‘shlig‘iga 
joylashgan. Aflotun psixologiyada dualizm 
(lot. “dualis” – ikki 
mustaqil)
ta’limotini ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil 
narsa deb izohlasa, uning shogirdi Arastu (Aristotel) o‘zining 
ta’limotida psixologiyani tabiiy-ilmiy asosga qurib, uni 
biologiya 
140
va tibbiyot
bilan bog‘lab tushuntirishga erishgan. Arastuning “Jon” 
to‘g‘risidagi kitobi ma’lum bir davr uchun taraqqiyparvar manba 
vazifasini bajarib, unda odamlar va hayvonlarning kundalik hayotiy 
lahzalarini kuzatish orqali yaqqol voqelikni tasvirlash, tahlil qilish 
jarayonlari mujassamlashgandir. Arastuning ta’kidlashicha, jon 
qismlarga bo‘linmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, 
harakatga keltirish, aql, idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda 
namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, sezgi bilishning dastlabki qobiliyati, 
u tasavvur shaklida iz qoldirishi mumkin ekan.
Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi davrlarida psixologik 
g‘oyalar mukammallashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga 
kela boshladi, hatto ruh hozirgi zamon psixikasi kabi qo‘llanish 
ko‘lami kengaydi.
Gippokrat (eramizdan avvalgi 460

377-yillar) Demokritning 
izdoshi sifatida qadimgi tibbiyotda to‘plangan tajribalarni jamlab, 
umumlashtiradi. U miya va ruh o‘rtasidagi munosabatlarga oid 
qarashlari bilan mashhur bo‘lib, temperament ta’limotining 
asoschisidir. Mashhur olim odamlardagi kasallikning kechishi 
va bemorning tuzalishi uning temperamentiga bog‘liq ekanligini 
ta’kidlaydi. 
Gippokratdan keyin Gerofio va Erazistlar (Aleksandriya maktabi), 
Sels, Aretey, Avreliy va Galen (qadimiy rum maktabi) muvaffaqiyatli 
ishlarni amalga oshirdilar. Masalan, rumlik shifokor Galen (eramizdan 
oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, 
psixikaning fiziologik asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarni yanada 
boyitdi.
X
 –
XI asrga kelib qadimiy Sharqda Yaqub bin Isaak al-Kindiy, Abu 
Nasr al-Farobiy, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar 
falsafa, tibbiyot va psixologiya sohalarining jadal rivojlanishiga hissa 
qo‘shadilar. Ularning asarlarida ko‘plab psixologiyaga oid muammolarga 
oydinlik kiritilgan. Jumladan, mashhur mutafakkir Abu Bakr ar-Roziy 
(865
 –
925-yillar) bemorlarni davolashda ruhiy ta’sir qilish usullarini 
keng qo‘llagan. U kasallikning kelib chiqish sabablarini, ularning 
oqibatlarini o‘rganib, psixoprofilaktika va psixogigiyena sohalariga 
oid bilimlarni rivojlantirgan. Shuningdek, Abu Bakr ar-Roziy 


141
asarlarida shifokor burchi, tibbiy maslahatlar haqida ham ma’lumotlar 
uchraydi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino (980–1037) o‘zining davriga-
cha ma’lum bo‘lgan psixologiyaga doir ma’lumotlarni to‘plab, maxsus 
asarlar (“Jon to‘g‘risida risola” (“Risola fi-al-nafs”), “Psixologiya 
to‘g‘risida risola” (“Risola-dar revanshinosi”), “Kitob al-ta’bir” 
(“Tushni yo‘yish kitobi”), “Jon-ruh haqida kitob” (“Kitob al-muhjat”), 
“Tib qonunlari” (“Kitob al-qonun fit tib”), “Shifo beruvchi kitobi” 
(“Kitob an-najot”), “Donishnoma”) yozib qoldirgan.
Ibn Sino antik dunyo olim va faylasuflari va o‘tgan sharq 
mamlakatlari olimlari yozib qoldirgan asarlarini chuqur o‘rganar 
ekan, u psixologiyaning “otasi” deb nom olgan Arastuni o‘zining 
“birinchi o‘qituvchisi” deb tan oladi. U Arastu singari odam tanasi 
va “ruhiy quvvatlar” materiya bilan shaklan bir-biridan ajratilmagan 
holda mavjud ekanligini e’tirof etadi. Bu bilan mashhur mutafakkir 
psixik faoliyat bilan odam salomatligining bir-biriga ta’sir etish kuchi 
qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbot qilishga harakat qiladi. 
Ibn Sino o‘zining nazariy bilimlarini turli tajribalari natijalariga ko‘ra 
asoslab berishga harakat qiladi. 
Ibn Sino psixik holatlarning organizmga ta’siri har qanday ruhiy ja-
rayonning fiziologik asoslari bilan bog‘liq ekanligi hamda organizmga 
tashqi muhitning ta’siri katta bo‘lishini isbotlash maqsadida ikkita 
qo‘zi olib, ulardan birini och bo‘ri yaqiniga bog‘lagan, ikkinchisini esa 
bo‘riga ko‘rsatmay, oddiy, tinch sharoitda boqqan. Har ikkala qo‘yga 
ham bir xil hajmdagi yemakni aynan bir vaqtda berib borgan. Ko‘p 
o‘tmay bo‘riga yaqin bog‘langan qo‘zi uning doimiy hamlalaridan 
uzoq vaqt qo‘rqqanidan juda ham ozib ketgan va yaxshi boqilishiga 
qaramay, kasallikka uchrab nobud bo‘lgan. Tinch sharoitda boqilgan 
qo‘zi esa kundan-kun semirib, xotirjam uzoq yashagan. Ibn Sinoning 
turli kasallikka chalingan og‘ir bemorlarni psixoterapevtik, ya’ni so‘z 
bilan ruhiy ta’sir qilish orqali davolaganligi haqida ko‘plab hikoyalar 
uchraydi. Shuningdek, uning asarlarida kasalliklarning oldini olishda 
tarbiyaning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. “Tarbiya erta bolalik 
davridan boshlanishi kerak”, degan edi Ibn Sino. Bolani qo‘rqoq, 
g‘amgin yoki juda erka qilib o‘stirmaslik kerakligini, bolaning 
142
istaklarini yaqinlari payqashi va uning xohishini muhayyo qilishini, 
yomon illatlardan esa bolani yiroqlashtirishlari zarurligini uqtirgan. 
Bu amallarni bajarish bolaning zehnini o‘tkir, tanasini sog‘lom qilib 
o‘stirishini ta’kidlab o‘tgan.
Ibn Sinoning tana va ruhiyatning bir butunligi haqidagi fikrlari 
hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot yutuqlari tufayli o‘z isbotini topib, 
psixosomatik tibbiyot faniga asos soldi. U xotiraning buzilishi bosh 
miyaning orqa qismi, tafakkurning buzilishi miyaning o‘rta qismi, 
idrokning buzilishi esa miya qorinchalarining zararlanishi bilan bog‘liq 
deb mulohaza bildirgan. Psixik jarayonlarning buzilishini o‘rganish 
XIX asrlarda G‘arb olimlari tomonidan boshlangan degan fikr hali-
hanus manbalarda uchraydi. Vaholanki, buyuk bobokalonimiz o‘z 
davrida depressiya, epilepsiya, ongning buzilishlari, gallyusinatsiyalar, 
alahsirash, tafakkur va xotira buzilishlarini o‘rganib, ular haqida 
yozib qoldirgan. 
Abu Ali ibn Sino bosh miyaning atrof-muhitdagi narsa va hodisalarni 
o‘zida turli xil shaklda aks ettirish qobiliyatiga ega ekanligini anglab 
yetgan. Tashqi ta’sirlar avvalo sezgilar orqali namoyon bo‘lishi va 
ular ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m va teri-tuyg‘u ko‘rinishga ega 
ekanligini, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida to‘xtalib, har 
qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib turadigan markazi 
borligini ta’kidlagan. U insonning tafakkuri, hayoli, xotirasi va iroda 
sifatlariga yuqori baho beradi va bu psixik jarayonlarning bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq ekanligini anglaydi. Tafakkurning yordamida 
hodisa va voqealarni bir-biri bilan almashtirish, abstraksiyalash 
bilan haqiqatni yolg‘ondan ajratiladi. Xotira yordamida esa idrok 
qilingan narsa va hodisalar kishi ongida mustahkam joylashadi va 
idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi. 
Xayol kishi ongida obyektiv voqelikni aks ettiradi, degan fikrlarni 
bayon etish orqali Ibn Sino psixologiya sohasida chuqur bilimga ega 
bo‘lganidan dalolat beradi. Abu Ali ibn Sino psixologiya fanining 
keyingi taraqqiyotiga ham ko‘pgina ilg‘or va haqqoniy fikrlari bilan 
katta hissa qo‘shgan.
Sharqlik yana bir buyuk mutafakkir alloma Ismoil Jurjoniy 
(1080–1141-yillarda Xorazmda yashab ijod qilgan) tibbiyotga 


143
oid asarlarida (“Ibn Sino haqida so‘z”, “Xorazmshoh xazinasi” 
va “Xastaliklarni aniqlash usullari”) bemorlar psixologiyasiga 
bag‘ishlangan bir qancha fikrlar bayon qilingan. Sharq olimlari 
bemorlar psixologiyasi va ruhiy kasalliklarni o‘rganishga katta hissa 
qo‘shibgina qolmay, ular Marvda, Bog‘dodda, Quddus va Damashqda 
bemorlar uchun shifoxonalar ochadilar.
X

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin