Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Psixologiya va tarix
Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog‘liqligi ayniqsa, 
mustaqillik-yillarida tarixni xolisona o‘rganish va shu bilan birga 
inson shaxsining madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog‘liq tarzda 
rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi ongiga yetkazishda namoyon 
bo‘lmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o‘zining “Tarixiy 
xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarida tarixning xalqlar taqdiri va 
rivojlanishidagi rolini obyektiv tarixiy omillar orqali tushuntirishning 
ahamiti va o‘rni katta ekanligini ta’kidlash bilan bir qatorda, ana 
shu tarixni yaratuvchi inson psixologiyasini har bir davrda xolisona 
o‘rganish zaruratini alohida alohida e’tirof etgan. Zero, inson ruhiyati 
va u vakil bo‘lgan xalq va elat psixologiyasi orqali tarixiy voqealarga 
baho berish milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishning 
muhim vositalaridan biridir. Masalan, xalqimiz va davlatchiligimiz 
tarixida muhim o‘rin tutgan temuriylar davri tarixini o‘rganish uchun 


165
albatta, biz Buyuk Temur
s
haxsi va temuriyzodalarning insoniy 
fazilatlarini o‘rganishimiz kerak. Ayniqsa, maktab yoshida tarixiy 
shaxslardagi takrorlanmas va ibratli sifatlar orqali o‘sha davr tarixiy 
muhiti va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushuntirish ancha samarali 
va ta’sirchandir. Shuning uchun ham tarixchi va arxeologlar u yoki bu 
davrni yoritish uchun o‘sha davr ijtimoiy qatlamlari, mashhur shaxslari 
avtobiografiyasini o‘rganishga katta ahamiyat bersalar, psixologlar, 
ayniqsa, ijtimoiy psixologlar katta guruhlar psixologiyasi va shaxsning 
ma’naviy va ahloqiy qiyofasini to‘la o‘rganish uchun shaxs mansub 
tarixiy shart-sharoitlar, hududiy o‘ziga xosliklarni ham o‘rganadilar. 
Shuning uchun ham mustaqillikning inson shaxsi kamolotiga 
berayotgan cheksiz in’omlarini tasavvur qilish uchun biz tariximizni 
va istiqlol-yillarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarimizning obyektiv 
zaminlarini yaxshi o‘rganishimiz kerak. Shundagina “O‘zbekiston – 
kelajagi buyuk davlat” shiorining tom ma’nodagi mohiyatini teran 
anglaymiz.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin