Matematik paketlar bilan algoritmik dasturlash vositalarining qiyosiy xarakteristikalari.
Ta'lim tizimida matematik paketlarning ahamiyati nimadan iborat?
Matematik paketlar bo'yicha asosiy adabiyotlar tahlili keltirilsin.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Matematik paketlardan foydalanishdan maqsad nimalardan iborat?
Matematik paketlarning qo'llanilish sohalari.
Maple 6 tizimining yaratilishi.
2-3 ma'ruzalar. Maple 6 tizimining asosiy imkoniyatlari va interfeysi
REJA
Maple 6 tizimining imkoniyatlari
Interfeys oynasining tarkibi
Menyular satrining holati
Ishchi varaq to'g'risida ma'lumotlar
Palitralar
Tayanch iboralar
Asosiy imkoniyatlar, interfeys, interfeys oynasi, asosiy instrumentlar paneli, kontekstli instrumentlar paneli, ishchi varaq, holatlar satri, kiritish maydoni, yozuvlar talqini, palitralar.
1. Maple 6 tizimining imkoniyatlari
Maple 6 tizimida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
biror elektron jadval sistemasida(masalan MS Exsel) ma'lumotlarni tahlil qilish uchun ko'nikma hosil qilingan bo'lsa–Maple 6 sistemasida ham juda ko'p matematik va statistik funksiyalar asosida ma'lumotlarni tahlil qilishning grafikli integrallashgan muhiti mavjud;
murakkab funksiyalarning 2 o'lchamli, 3 o'lchamli fazolarda grafiklarini chizib berishi mumkin;
Maple 6 ning programmalashtirish tili asosida murakkab matematik, texnik va boshqa sohalardagi masalalarni yechish imkoniyatini beradi;
o'quv jarayonini tashkil qilishda kerakli mavzularning mashq va masalalar ob'yektlarining harakatini namoyish qilish uchun animasion grafik muhit mavjud;
talabalar matematik usullarni o'rganishda juda murakkab hisoblarga vaqtini sarflamasdan, faqat usullarning mohiyatini, qo'llanilish sohalarini o'rganishlari uchun maxsus Student paketi mavjud;