Misol:
> p:=z^2*5+a+b+z^2*(a^2+b)+x*6/7;
> coeff(p,z^2);
Komandaning lcoeff() va tcoeff() ko'rinishlari mos ravishda o'zgaruvchining yuqori va quyi darajalari oldidagi koeffisiyentini aniqlab beradi. fcoeffs() ko'rinishi esa ko'p-hadning barcha koeffisiyentlarini (ko'phadda joylashgan tartibda) hosil qilib beradi.
rhs() va lhs() komandalari mos ravishda tenglamaning o'ng va chap qismlarini yoki biror intervalning yuqori va quyi chegarasini ajratib beradi.
Misol:
> u:=sin(x)+x^2qcos(x)-1;
> rhs(u);
> lhs(u);
numer() va denom() komandalari mos ravishda kasrli ifodaning surat va maxrajini ajratadi.
Misol:
> u1:=(sin(x)+x/y)/(cos(x)/sin(x)+2);
> numer(u1);
> denom(u1);
Maple 6 tizimida ifodalarning tarkibi bir nechta pog'onadagi elementlardan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, ifodasining tarkibini ko'-raylik:
birinchi pog'onadagi elementlar;
ikkinchi pog'onadagi elementlar;
uchinchi pog'onadagi elementlar;
x to'rtinchi pog'onadagi elementlar;
nops() komandasi ifodaning operandalar sonini aniqlaydi.
Misol:
> p:=(a*sin(sqrt(x))-b^2)*ln(x)-5;
> nops(p);
or() komandasi ifodalarning operandalarini ajratib beradi.
Misol:
> op(p);
Komandaning op(n, ) ko'rinishi n – operandasini aniqlab beradi.
> op(2,p);
whattype() komandasi ifodaning turini aniqlaydi. ?type komanda yordamida tizimdagi barcha turlar to'g'risida ma'lumot olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |