5. Palitralar
Maple 6 tizimida ifodalarni kiritishda undagi ba'zi bir standart matematik belgilar yoki lotin alfavitidan boshqa alfavitdagi belgilarni kiritish uchun maxsus oynachada chiqariladigan shablonlardan foydalanish mumkin. Ushbu maxsus oynachadagi shablonlar palitra deb ataladi. Tizim 3 xil ko'rinishdagi palitralardan foydalanish imkonini beradi:
Grek alfatidagi belgilarning shabloni(palitrasi)dan foydalanish uchun View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Symbol Palette komandasidan foydalanish kerak. Bu palitrada shuningdek е, , va mavhum i belgilar mavjud;
Standart matematik ifodalarning palitralaridan foydalanish uchun View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Expression Palette (3–shakl) komandasidan foydalanish kerak;
(4x4) o'lchamdan katta bo'lmagan matrisalarni kiritish uchun View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Matrix Palette komandasidan foydalanish kerak.
View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Show All Palettes komandasi bajarilsa, 3 ta palitra paydo bo'ladi, Hide All Palettes komandasi bo'lsa, hamma palitrani yopadi.
Options menyuning Palette Size qismiy opsiyasidagi Small komandasi palitraning oynasini kichik o'lchamda, Large komandasi katta o'lchamda va Best Choise(jimlik qoidasi) komandasi esa monitor ekranining o'lchamiga nisbatan chiqaradi.
Maple 6 tizimida kursor yordamida grek alfavitidagi belgilarni kiritish uchun ularning talaffuz nomini ingliz alfavitida yozish kerak. Grek alfaviti palitrasidan foydalanganda, kerakli grekcha harfni sichqoncha ko'rsatkichi bilan bosish kifoya. Masalan, palitradagi ( belgini bosish,
>alpha
yozuvini paydo bo'lishiga olib keladi. Chiqarish maydonidagi ixtiyoriy ifodani belgilab, sichqoncha yordamida grek alfaviti palitrasidagi biror belgi faollashtirilsa, chiqarish maydonidagi belgilangan ifoda faollashtirilgan belgi bilan almashtiriladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: |