Pedagogik amaliyotdan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Mustaqil ish yo‘riqnomasi. 2 mustaqil topshiriq



Yüklə 29,28 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü29,28 Kb.
#139741
2 -mus. topshiriq. Amaliyot (3)


Pedagogik amaliyotdan.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
Mustaqil ish yo‘riqnomasi.
2 - mustaqil topshiriq.


  1. Amaliyot jarayonida MTT da tashkil etilayotgan umumiy guruhda ishlash, markazlardagi faoliyatlar va bayram tadbirlarini kuzatdingiz.

  2. MTT da o’tkaziladigan tadbirlardan istalgan mavzuni tanlang va tadbir ssenariysini tuzing.

  3. Tuzgan ssenariyingiz asosida tadbir o‘tkazing, har bir amalga oshirgan ishingizni suratga oling va taqdimot tayyorlab platformaga joylang.

  4. MTT da o’tkaziladigan tadbirlar mavzularidan na`munalar.

  1. Mustaqillik bayrami.

  2. Hosil bayrami (Mehrjon).

  3. Til bayrami.

  4. Bayrog’imiz qabul qilingan kun.

  5. Konstitutsiya.

  6. Yangi yil bayrami.

  7. Vatan himoyachilari kuni.

  8. Ajdodlarimiz bizning faxrimiz.

  9. Onajonlar bayrami.

  10. Navro’z bayrami.



  1. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda, 1,5 intervalda taqdim eting.

  2. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 15 ball.

  3. Topshirish muddati: 17. 12. 2023 Soat: 23:55.


Fan o‘qituvchsi: Erkinjonova

14-yanbar “Vatan himoyachilar kuni” bayram ertaligi
Musiqa zali bayramona bezatilgan. Bolalar “Askarlar” qo’shig’I kuyi sadosi ostida zalga kirib kelishadi.
Boshlovchi: Assalomu aleykum hurmatli aziz mehmonlar, jajji kichkintoylar. Bugun bizning bog’chamizda katta tantana - “Vatan himoyachilar kuni”. Men shu fursatdan foydalanib, MTTimizdagi bog’cha yigitlarini tabriklayman. Kelajakda askar akalarimiz singari O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida xizmat qilib, Vatanimiz oldidagi burchlarimizni a’lo darajada bajaradigan Vatan posponlari bo’lib yetishishingizga tilakdoshman.
Xalqimning jasur va mard o’g’lonlari,
Tinchligimiz osmonining posponlari.
Shu yurtning nomus ila shon sharaflari,
Lavzi halol vafolidir vadalari.
O’zbegimning qo’rqmas botir askarlari.
Endi davraga bayram ishtirokchilarini taklif qilamiz.
1-ishtirokchimiz Xayrullo
2-ishtirokchimiz Muhammad
3-ishtirokchimiz Abdurashid
4-ishtirokchimiz Zaylobiddin
5-ishtirokchimiz Azizbek
6-ishtirokchimiz Muhammadqodir
1-shartimiz: to’siqlar orasidan o’tish va umbalog’ oshish.
Bolalar birinchi shartni bajardilar. Bolalarni baholash uchun hakamlar: G’aniyeva Dilfuza, musiqa rahbari Otabayeva Odina.
Raqs: Popuri. Qiz va yigitlar ishtirokida.
Boshlovchi: Rahmat bolajonlar.
2-shartimizni e’lon qilaman, kim chaqqon o’yini.
She’r:
1-bola: Niyyat qildim doimo,
Yurtimiz omon bo’lsin.
Gullab yashnasin har dam,
2-bola: Urush bo’lmasin also,
Tinchligimiz sokin bo’lsin.
Ko’zmunchoq taqay senga
Ona yurt omon bo’lsin.
3-bola: O’zbegimsan o’zbegim,
Yurtida hoqon begim.
Jaxon ichra yagona
Saodatli bo’l elim.
3-shartni e’lon qilaman. Suvni to’kmay manzilga yetkazish.
Raqs: “Askar bo’laman” yigitlar ijrosida.
4-shartimiz: musiqaga xos holda raqsga tushish.
She’r:
1-bola: Yer yuzidagi amakijonlar,
Shunday iltimos border sizlardan.
Chiqarmay qurol, oqmasin qonlar.
Kitob, o’yinchoq bering bizga.
2-bola: Bizlar urushib yirtmaylik yoqa,
O’ynaymiz doim biz musoboqa.
Turmushimiz shod o’tadi shunda.
Yog’li patirlar yopilar kunda.
Raqs:
Yüklə 29,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin