Pedagogik kollejida amaliy oshiriladigan o'quv metodik ishlarni o'rganish reja



Yüklə 24,06 Kb.
səhifə1/2
tarix02.12.2023
ölçüsü24,06 Kb.
#137232
  1   2
PEDAGOGIK KOLLEJIDA AMALIY OSHIRILADIGAN O\'QUV METODIK ISHLARNI O\'RGANISH


PEDAGOGIK KOLLEJIDA AMALIY OSHIRILADIGAN O'QUV METODIK ISHLARNI O'RGANISH
Reja:

  1. O’qituvchining metoik ishlarining maqsad, vazifalari va turlari.

  2. Jamoaviy metodik ishlar va ta’limi muassasalarining o’quv metodik

xonasi ishini tashkil qilish.

  1. O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash


1.O’qituvchining metoik ishlarining maqsad, vazifalari va turlari. Metoik ishlarining maqsadi-o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish,bo’lgusi mutaxassislarni etuk, barkamol, raqobatbardosh qilib tayyorlash maqsadida o’qituvchilarning bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini hamda mahoratlarini oshirish. Metodik ishlarning asosiy vazifalari: o’quv muassasidagi o’qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, injener-pedagoglarning pedagogik malakasini g’oyaviysiyosiy darajasini, kasbiy mahoratini oshirish; o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi zamonaviy usullarini o’quv jarayoniga qo’llash; o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini qo’llash, umumlashtirish, tanishish va boshqalar. O’quv muassasalarida amalga oshiriladigan uslubiy ishlar ikki turga bo’linadi: jamoaviy va shaxsiy. Jamoaviy metodik ishlarni o’quv muassasalaridagi: pedagogik kengash uslubiy komissiyalar, ilg’or pedagogik va amaliy tajribalar manbai, muammoli seminarlar, ilmiy-amaliy konferentsiyalar (anjumanlar), pedagogik o’qishlar orqali amalga oshiriladi. Shaxsiy metodik ishlarga o’quv muassasalardagi har bir o’qituvchiga injener-pedagog, ustalarning o’z malakalarini oshirish ustida olib borilayotgan tinimsiz mehnati tushuniladi. Uslubiy ishlar asosan dars berishda o’quv jarayonini takomillashtirish, unga yangi usul va vositalarni qo’llashni amalga oshirishni mo’ljallangandir. O’quv muassasidagi keng qirrali va xilma-xil uslubiy ishlarni o’quv muassasidagi o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini tashkillashtiradi. Ya`ni, o’quv muassasi bo’yicha uslubiy ishlar rejasini tuzadi, ammo umumiy rahbarlikni direktor olib boradi. O’qituvchilarning shaxsiy (mustaqil) metodik ishlari va uning mazmuni. Muhandis-pedagogning mahoratini uning tinimsiz ishlash, maqsadga yo’naltirilgan tizimli ijodiy mehnatining natijasidir. SHuning uchun ham o’qituvchi agarda o’z ustida ishlab bormasa, uning o’qituvchilik xususiyati yo’qolib boradi. Bu bo’lmasligi uchun, ya`ni u har doim o’z fani mutaxassisligi bo’yicha maxsus va pedagogik bilimlarini oshirib borishi kerak. Agarda, u o’zining tajribasi bilan cheklanib qolsa ham bo’lmaydi.Pedagogik mahoratini oshirib borishning majburiy xarakteridan biri, o’z pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashishga va yangilikka intilib borishi kerak.Pedagoglarning o’quv tarbiyaviy jarayonidagi faoliyat va pedagogik mahoratini oshishi ko’p jihatdan u ishlaydigan muhitga, jamoasining shakllanganligiga ham bog’liq. Kasb-hunar ta’limi tizimida o’qituvchilarning malakasini oshirish turlariga: malaka oshirish kurslari va o’z ustida mustaqil (shaxsiy) ishlash kiradi. Bular o’z navbatida uzviy bog’langan.O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarida o’quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishni ko’p jihatdan o’qituvchilarning, injener-pedagoglarning o’z ustida mustaqil ishlab o’zlarining malakalarini oshirib borish bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan har bir xodimdan o’z ustida mutaqil ishlash ish rejasi bo’lishini talab qilinadi. Bu ish rejasi quyidagi bo’limlardan iborat bo’lishi qabul qilingan: I. Siyosiy-g’oyaviy darajasini oshirib, siyosiy adabiyotlar, muammoli seminarlarda faol qatnashish, kuzatishlarda qatnashish. II. Pedagogik malakani oshirish, fanlar bo’yicha ilmiy-amaliy, uslubiy adabiyotlarni o’qish, dokladlar yozish, ochiq darslar o’tkazish. III. Pedagogik bilim va uslubiy tayyorgarligini oshirish. IV. Ma`naviyat va nafosat ko’rsatkichlarini shakllantirish. Mustaqil o’z ustida ishlash va metodik ishlar asosan ham yuqoridagi to’rt bo’limdan iborat bo’ladi.Mustaqil ishlash orqali o’z malakasini oshirishni yana boshqa turlaridan biriga seminarlarga, pedagogik o’qishlarga, konferentsiyalarda o’z ilmiy natijalari, amaliy ish tajribasiga tayyorgarlik ko’rish xisoblanadi. 2.Jamoaviy metodik ishlar va ta’limi muassasalarining o’quv metodik xonasi ishini tashkil qilish. Pedagogik kengash. Pedagogik kengash o’quv muassasining asosiy organi bo’lib, u o’quv muassasidagi asosiy masalalarni muhokama etish, xulosalar qabul qilish uchun tuzilgan bo’lib, «Pedagogik kengash haqidagi nizom» asosida faoliyat ko’rsatadi, va yillik plan asosida ish yuritadi. Pedagogik kengash ish rejasida asosan quyidagi masalalar yoritiladi va amalga oshiriladi: o’quv muassasasi pedagog jamosining o’tgan davrda bajarilgan ishlar natijasi va oldinda turgan vazifalar; uslubiy ishlar rejasi va xodimlarning malakasini oshirish, ustalarning tarbiyaviy ish rejasi, yarim yillik, yillik imtihon natijalari; ta`til vaqtlarida o’quvchilar bilan sport ishlarini tashkil etish; biblioteka holati; ishlab chiqarish amaliyoti natijalari va boshqa ko’p masalalar pedagogik kengash ishida yil mobaynida tasdiqlanadi va har oyda bir marta o’tkaziladi. Pedagogik kengash ish rejasidagi har bir masala bo’yicha ma`sul xodim tayinlanadi va u bu masalani kengashga tayyorlaydi, kerak bo’lsa, bu masalani tayyorlashga boshqalarni ham jalb qilishi mumkin.Pedagogik kengash qarorini rais-direktor va kotib qo’l qo’yib tasdiqlaydi. Kengash qarorining bajarilishini direktor va uning o’quv ishlari bo’yicha muovini nazorat qilib boradi.Pedagogik kengash xujjatlari: ish rejasi, bayonnomalar, ma`ruzalar va qarorlar direktor muovinida saqlanadi. Pedagogik kengash muassasasining o’quv jarayoni va uslubiy ishlarini muhokama etib qaror qabul qiluvchi. Pedagogik kengash a`zolari: muassasasi direktori (rais); uning muovinlari, o’quv bo’lim mudiri, uslubiy komissiya raislari va yetakchi muhandis-pedagoglar, katta ustalar, kasaba birlashmasi va yoshlar ittifoqi raislari, ilmiy tadqiqot instituti va ishlab chiqarish korxonasidan yetakchi mutaxassislar. Bu tarkibdagi kengash a`zolari ko’riladigan masalalarni, ya`ni o’quv-tarbiyaviy jarayon masalalarni, o’quv ishlab chiqarish jarayoni hamda uslubiy ishlarga oid muammolarni hal qiladi va tavsiyalar qabul qiladi.Pedagogik kengashning asosiy uslubiy funksiyasi o’quv muassassida uslubiy ishlarni takomillashtirish bo’yicha asoslangan tavsiyalar qabul qilish, kasbiy malakalarini oshirish ish rejalarini tasdiqlash va hokazolar. Pedagogik kengash o’z faoliyatini ilm o’quv muassasasining uslubiy ishlar ish rejasi asosida amalga oshiradi.Pedagogik kengashning hamma a’zolari o’quvtarbiyaviy jarayonga, uslubiy ishlarga oid masalalarni uning ish rejasiga taklif etishi mumkin.Pedagogik kengashning qarori o’quv muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangandan so’ng kuchga kiradi va qarorni hamma bajarishi shart. Metod komissiyalar-o’quv muassasasida fanlar, ya’ni bir-biriga yaqin fanlar bo’yicha eng kamida beshta muhandis-pedagog va usta bo’lgan taqdirda tuzilishi mumkin, ba`zi hollarda chilangarlik, metallarga ishlov berish mutaxassislari bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Agarda o’quv muassasasida bitta fandan 3 dan ortiq muhandis-pedagoglar bo’lsa fan bo’yicha ham tuzilishi mumkin. Masalan: materialshunoslik, matematika, fizika va boshqalar. Uslubiy komissiya raislari eng tajribali o’qituvchi, ustalardan shakllanadi.Metod komissiyalar o’z fanlari, maxsus fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o’qitish, uslubiy vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-ket o’tilishini belgilash, o’quv uslubiy materiallarni muhokama qilish va boshqalar bilan shug’ullanadi.Fanga oid muammolarni uslubiy komissiyalar hal qiladi. Ya`ni ular: o’quv muassasalarini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ro’yxati va mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik xujjatlari; nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, o’quvchilarning o’zlashtirishini tahlil etish, muhokama etish; ilg’or pedagogik, ishlab chiqarish tajribalarini o’quv jarayoniga tadbiq etish, texnik vositalardan samaradorlik bilan foydalanish va boshqalarni amalga oshiradi. Metod komissiyalar o’z ishlarini istiqbolli tematik va ish rejalari asosida amalga oshiradi va bu rejalarda asosiy masalalar bo’lib quyidagilarni rejalashtirish zarur: yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, imtihonlarga tayyorgarlik, o’quvchilar malakasini oshirish, metodik ko’rsatmalar ishlab chiqish, ma`ruzalar mavzularini aniqlash, referatlar tematikasini belgilash, tashkiliy tadbirlar, ochiq darslar, ta’lim, o’zaro darslar kirish va boshqalar.Metod komissiyaning asosiy vazifasi o’quvtarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, o’qituvchilarga, injener-pedagoglarga, ustalarga amaliy-uslubiy yordam berishdir. O’quv muassasida uslubiy komissiyalar, tayyorlov yo’nalishlari, fanlar bo’yicha va amaliyotlar bo’yicha tashkil qilinishi mumkin. Uslubiy komissiya tarkibi va soni pedagogik kengash tavsiyasiga ko’ra direktor buyrug’i bilan tayinlanadi. Uslubiy komissiya tarkibiga malakali o’qituvchilar, ustalar kiradi.O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va o’quv muassasalarida fanlar bo’yicha uslubiy komissiya tuziladi: fizika va elektrotexnika; ximiya va biologiya; o’zbek va rus tili; tarix va boshqalar, umumkasbiy fanlar, maxsus fanlar, ishlab chiqarish ta’limi va boshqalar. Ba`zi hollarda uslubiy komissiyalar tuzishi mumkin fanlarni guruhlashtirish bo’yicha, misol uchun, tabiiy fanlar: fizika, ximiya, biologiya; gumanitar fanlar, maxsus fanlar va hokazo. Uslubiy komissiyalar o’z fanlari, sikl fanlari bo’yicha o’quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o’qitish uslub, vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog’lash, fanlarning ketma-ketlikda o’tishini belgilash, o’quv uslubiy materialini muhokama qilish va o’quv dasturini o’rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ishlar ro’yxati va ishlab chiqarish texnologik xujjatlar hamda nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, texnik vositalardan samaradorli foydalanish va boshqa muammolar bilan shug’ullanadi. Metodik kengashlar-bu jamoaviy uslubiy ish turi bo’libina qolmay balki alohida muammolarni hal etishni o’z ichiga oladi (pedagogik, uslubiy).Metodik kengashlarning-instruktsiyali, axborotli va xisobotli turlari mavjud. Ilmiy-amaliy konferensiyalar - o’qituvchilar tomonidan va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda o’quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga mo’ljallangan mavzu bo’yicha qilingan nazariy va amaliy ishlar natijasining muhokamasi, qaror, tavsiyalar qabul qilish. Pedagogik o’qishlar - ilg’or pedagogik tajribalarni aniqlash, umumlashtirish va tadbiq etish maqsadida o’tkaziladi hamda o’quv tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid masalalarni muhokama qiladi.Pedagogik o’qishlar tashkil qilishda o’quv muassasalarida ko’rgazmalar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Didaktik vositalar o’quv uslubiy qo’llanmalar o’quvchi ish rejalaridan namunalar, darslar rejasi, konspekti, uslubiy qo’llanmalar va boshqalar. Pedagogik o’qish jarayonida tashkiliy ko’lamda eng yaxshi ma`ruza tanlab olib uni tuman, viloyat pedagogik o’qishlarga tavsiya etiladi va chop etishga tavsiya etiladi.Ilg’or pedagogik tajriba-asosan o’quv muassasasi muhandispedagoglarining pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Bu ilg’or pedagogik tajribalar o’quv muassasasida va yana boshqa joyda o’rganilishi va oshirilishi mumkin. Muammoli seminarlar- bu seminarlarning asosiy vazifasi ba`zi muammolarni chuqurroq o’rganish bo’lib, bunda muhandis-pedagoglar, ustalar ma`ruzalar o’qishadi va muhokama qilinadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quv metodik xonasining asosiy vazifalari: Ilg’or pedagogik tajribaning targ’ib qilinishini tashkil etish; Umumta’lim, maxsus va amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchilariga pedagogik mahorat va o’quv-tarbiyaviy faoliyat sifatini oshirishda yordam ko’rsatish; O’quvtarbiyaviy va metodik ishlar masalalari bo’yicha materiallar; to’plash va ularni tartibga solish; Kasb-hunar kollejida ilmiy-pedagogik axborotlar to’plash. O’quv metodika xonasining faoliyat mazmunini quyidagilar tashkil qiladi: Kasb-hunar kolleji xodimlarining o’zaro pedagogik tajriba almashishi bo’yicha seminarlar tashkil etish; Pedagogik va boshqa mavzularda ma`ruzalar tashkil etish; Metodik ko’rgazmalar tashkil etish; Pedagogik mashg’ulotlar tashkil etish; Kasb-hunar kollejida pedagogik o’qishlar tashkil etish; Umumta’lim, maxsus fanlar va amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchilari uchun pedagogik maslaxatlar tashkil etish; Pedagogik yangiliklar bo’yicha konferentsiyalar tashkil etish; Kasb-hunar kollejida muayyan mavzular bo’yicha metodik ishlar yakuniga bag’ishlangan konferensiyalar tashkil etish; Kabs-hunar kolleji xodimlarining pedagogik mehnat fidoiylari bilan uchrashuvlar tashkil etish. O’quv metodik xonasi quyidagilar bilan jihozlansa maqsadga muvofiq bo’ladi: Namunaviy hamda ishchi o’quv rejalar va dasturlar; Rejalashtirish, hisobga olish va xisobot xujjatlarining namunalari; O’quv xonasi, laboratoriya va ustaxonalarni jihozlash me’yorlari, kataloglar, ro’yxatlar, pasport; Me’yoriy va yo’riqli xujjatlar: nizomlar, ko’rsatmalar, yo’riqnomalar va hokazo; Kasblar bo’yicha o’quv-ishlab chiqarish ishlari ro’yxati; Ilmiy pedagogik adabiyotlar, pedagogik jurnallar, gazetalar va boshqa davriy nashrlar; Metodik ishlanmalar, o’qituvchilarning ma’ruzalar matnlari; Yo’riqlar va texnologik xaritalar to’plami; Nazariy va amaliy kasbiy ta’lim fanlari bo’yicha test topshiriqlari to’plami; O’MKHT ilmiy va o’quv metodik tashkilotlarining metodik tavsiyalari; Ta’limning «faol» shakllari va metodlaridan foydalanish bo’yicha materiallar; Darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma`lumotnomalar.
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi -pedagogikaning bir bo’limi bo’lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sosiologiya va mehnat ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo’limlari juda keng.
Bu bo’limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo’nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitasiya), shuningdek uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.
Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnologiyasi) deb nomlanuvchi «kasbiy pedagogikasiga» o’xshash fan mavjud, ammo ularning mazmunida hyech qanday bevosita o’xshashlik yo’q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audio-vizual vositalar», «o’quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.
«Ta’lim texnologiyasi» - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning sistematik yo’li bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda, insonlarning o’rganish qobiliyati va insonlar o’rtasidagi muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirish uchun jonli, jonsiz resurslar bilan shug’ullanishga asoslangan."
(Commission of Instructional Technology (Ta’lim texnikasining komissiyasi), AQSh)
«Didaktika" tushunchasi nimani bildiradi?
«Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «O’qitish va o’qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi.
Didaktika nazariy dars va instruktaj o’tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.
O’qituvchi va amaliyot o’qituvchisi uchun “didaktika" tushunchasi nimani bildiradi?
Didaktika amaliyot o’qituvchisi va texnika o’qituvchisiga to’g’ri pedagogik munosabat bo’yicha bilimlarni beradi. Keyinchalik esa gap “nimani va nima uchun o’qitish kerak?” va «qaysi tarzda va nimalar yordamida o’qitish kerak?" mavzulari orasidagi munosabat to’g’risida boradi.
Bunda quyidagi savollar asosiy rol o’ynaydi:
· O’qish va o’qitish jarayonida qanday maqsadlarga erishilishi lozim?
· Qanday mazmunlarni o’qitmoq kerak?
· Qanday dastlabki shart-sharoitlarga e’tiborni qaratmoq lozim?
· O’qitish jarayoninning qanday shaklini rejalashtirmoq kerak?
Har qanday sharoitda ham quyidagilarga e’tiborni qaratmoq darkor:
· O’quvchilar qanday bilimlar zahirasiga ega?
· Ta’lim beruvchi shaxslarga qanday talablar qo’yiladi?
«Nima?», «nima uchun?» degan savollarga javob o’qish maqsadlari asosida belgilanadi.
Shunday qilib «nima?» degan savol nazariy va amaliy darslardagi mavzular va mazmunlarni anglatadi. Bunday sharoitda eng asosiysi mazmun hisoblanadi.
«Maxsus didaktika» didaktika va biror aniq yo’nalishdagi maxsus fanning mazmunlari bilan aloqa o’rnatishga harakat qiladi.
Maxsus didaktikada e’tibor o’quv amaliyotining maxsus muammolariga qaratiladi. «Texnik chizmalar» sohasining maxsus didaktikasi «Matematika» sohasining maxsus didaktikasidan ma’lum detallar orqali ajralib turishi kerak.
Didaktikaning metodika bilan o’zaro bog’liqligi
Didaktika va metodika (uslubiyot) bir-biri bilan uzviy bog’liq.
Metodika deganda ilmiy usullar xakidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktikaning bir bo’limidir.
Didaktika «nima» va «nima uchun» o’qitish kerak degan savollar bilan shug’ullansa, u bilan uzviy bog’liq holda metodika esa «qaysi tarzda» va «nimalar yordamida» o’qitish masalalari bilan shug’ullanadi. Bunda amaliy usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog’liqligini xisobga olish zarur.
Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodikasi – bu turli hil yo’llar va usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanib, belgilangan maqsadlarga erishish uchun nazariy dars va instruktaj paytida qo’llaniladi.
Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir; «Nima uchun va nima». Ya’ni didaktika, «Qaysi tarzda va nimalar yordamida», ya’ni metodikani belgilaydi.
Misol uchun, nazariy dars o’qituvchisi «matematika» darsida boshqacha usullarni qo’llaydi, ustaxonada «Eniga yo’nish» (prodolnaya obtochka) mavzusi bo’yicha instruktaj berayotgan amaliyot o’qituvchisi esa boshqacha usullarni qo’llaydi. Ikkala hol ham nazariy bilimlarni berish jarayonlaridir.
Ya’ni yaqqol ko’rinib turibdiki, ularning maqsad, mazmun, qo’llangan usullari hamda o’quv-didaktik materiallari va qo’llanadigan baholash usullari bir biridan farqlanadi.
Didaktik tamoyillar
Didaktik tamoyillar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkil qilinishiga tegishlidir. Didaktik tamoyillar o’qitish va o’qish jarayonida qoidalar sifatida qo’llanish uchun ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir biridan aniq ajratib bo’lmaydi.
Quyidagi prinsiplar qandaydir tushunchalar emas, balki o’qitish va o’qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo’yicha qoidalar bo’lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan.
1. Faollik tamoyili
O’quvchi o’zi harakat qilgan paytda eng yaxshi o’rganadi va o’zlashtiradi. Shuning uchun o’quv vaziyati shunday tashkil qilinishi kerakki, o’quvchi bir-necha ish-harakatlar qilishi kerak bo’lsin.
O’quvchilar har bir darsda unumli ravishda faol bo’lishi lozim, chunki o’zi nimanidir qilayotgan paytda o’quvchi bu narsani ongliroq ravishda o’zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o’rnashib qoladi.
Buning natijasida o’quvchilar bilimlarni yaxshiroq va chuqurroq o’zlashtiradi va eslab qoladi hamda ularning qiziqishi ortadi. Ba’zi bir kvalifikasiyalarga esa, masalan mustaqillik va individual ravishda o’rganish kabi qobiliyatlarga faqat shu tarzda erishish mumkin xolos. Buning uchun, albatta, instruktor yoki o’qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
2. Nazariya va amaliyotni bir biri bilan bog’lash tamoyili
Nima o’qitilayotgan yoki o’qilayotgan bo’lsa ham, bu narsa albatta amaliyotga taalluqli bo’lishi shart. Bu o’quvchilarning o’qishga ishtiyog’ini kuchaytiradi, chunki ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qo’llaniladigan bilimlarni o’rganayotganliklarini biladi.
Nazariy bilimlar doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog’lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o’z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo’lishi kerak.
3. Ko’rgazmalilik tamoyili
Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarning individual o’rganish-o’zlashtirishini kuchaytirish uchun o’quv materialini o’zlashtirish paytida iloji boricha ko’prok sezgi organlari ishga solinishi kerak. Bilimlarni iloji boricha ko’rgazmali va real hayotga yaqin qilib taqdim qilish - bir tomondan tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita ish xolatida va real obyektlarda o’qitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlarni ko’rgazmali berilsa, o’quvchilar bu bilimlarni o’zlashtirishlari osonlashadi va o’quv jarayoni yanada qiziqarli bo’ladi. Real obyektlarda o’qitish doim eng birinchi o’rinda turishi kerak.
4. Tushunarlilik tamoyili
O’quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo’lishi kerakki, o’quvchilar uni o’zlarining avvalgi bilimlari bilan bog’lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. Ya’ni o’quv materialining mazmuni, shuningdek o’qituvchi va instruktorning tili va fikrlarini ifodalash usuli o’quvchining bilim saviyasiga mos kelishi lozim, ammo bu o’qituvchi ilmiy tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak degani emas. (karang: «Ta’limning asosiy koidalari")
5. Namunalardan foydalanish tamoyili
o’qituvchi yoki instruktor o’quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni tanlashga harakat kilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi hamda yomon maxsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo’lishi yoki bo’lmasligini aniq ko’rsatadi.
6. Didaktik reduksiya tamoyili
Berilayotgan bilimlarni o’rgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartitilishi lozim. O’quv materialining xajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak.
Kompleks (umumiy) va murakkab topshiriklar doimo didaktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin ma’nosi o’zgarmasligi shart.
Shuning uchun, agar faqat boshlang’ich bilimlar kerak bo’lsa, o’quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko’p va keng o’quv materiali bilan o’quvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o’kituvchi murakkab narsalarni oson so’zlar bilan tushuntira oladi.
7. Ilmiylik tamoyili
O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u haqiqiy va ilmiy jixatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo’lishi kerak, shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o’zida aks ettirishi lozim. O’qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo’llanmasligi kerak. O’qituvchi o’rgatgan bilimlar albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi shart.
8. Bilimlarni qo’llash tamoyili
O’qituvchi o’rgatgan bilimlarni o’quvchilar amalda ko’llay bilishlari kerak. Shuning uchun ham bu bilimlar ko’llanarli va amaliy vaziyatda sinalgan bo’lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o’qituvchi tomonidan (eksperiment, tajriba… asosida) yaratilishi lozim.
9. Natijalarni mustaxkamlash tamoyili
Kishi ko’rgan, eshitgan yoki qilgan narsalar tez unutilishi mumkin. Shu sababli albatta mashqlar o’tkazish va muammo hamda savollar yechimini topish zarur. O’qishdagi muvaffaqiyat baholanishi va tan olinishi kerak. Bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida doimiy o’zaro aloqa bo’lishini talab qiladi, natijalar esa maxsus «Baholash varoqlari»da qayd qilinishi kerak.
Ma’lumki, didaktik prinsiplari bilan bir qatorda o’qitishning asosiy qoidalari ham bor. Ular, umuman olganda, o’qituvchi faoliyatining yo’l-yo’rig’i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo’llab-quvvatlaydi.
O’qitishning asosiy qoidalari:
· Tushunarlidan tushunarsizga
· Yaqindan uzoqqa
· Osondan qiyinga
· Aniqdan mavhumga
· Umumiydan xususiyga
· Umumlashtirilgandan yakkaga
Didaktik xatti-harakatlar
Didaktik xatti-harakatlar deganda, biz o’qituvchining ta’lim jarayonini didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkillashtirish xatti-harakatlarini tushunamiz.
Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar jarayenlar va funksiyalar to’g’risidagi keng kamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Predmet vositalari buning aksi o’larok tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, kodoskop (proyektor) kabilardir.
Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars yoki instruktaj paytida didaktik funksiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo’ljallangan guruh, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat amaliyot ukituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofik va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim.
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.


Yüklə 24,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin