Konfliktni vujudga kelishidagi birinchi shakl -mojarodir. Mojaro konfliktning asosi hisoblanib, uni negizida ikki tomon uchun to‘qnashuvni keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘ladi.
NOROZILIK
Ikkinchi shakli — norozilik bo‘lib, bir-biridan norozilik natijasida kelib chiquvchi noxush kayfiyatni so‘z yoki hatti-harakat bilan bildirish natijasida konflikt yuzaga keladi. Lekin norozilik hamma vaqt ham konfliktni vujudga keltirmaydi.
KELISHMOVCHILIK
Konfliktni vujudga keltiruvchi uchinchi shakl — kelishmovchilik bo‘lib, fikr va qarashlarni to‘g‘ri kelmasligi natijasida shaxsiy fikrga qarshi da’voning mavjudligidir. Ikkinchi tomonning fikr va qarashlariga aks ta’sir natijasida ham konfliktni vujudga keltiruvchi omillar vujudga keladi.
Konflikt rivojlanishining asosiy pog‘onalari
Konfliktni vujudga kelishida va uni hal etishda konstruktiv yondashuv ziddiyatni ijobiy yangi pog‘onaga olib chiqadi va to‘g‘ri yechimga olib keladi.
Ziddiyatni hal etishda destruktiv yondashuv esa konfliktni yanada chuqurlashtirib uni boshi berk ko‘chaga olib kiradi.
Shunga qaramasdan konfliktning dastlabki bosqichi uchun dekonstruktiv yondashuv xos bo‘lib, konfliktning davomiyligining ma’lum davrida konstruktiv yondashuv talab etiladi va konfliktni hal etish ijobiy bosqichga o‘tadi.
Shunga ko‘ra konfliktni vujudga kelishi va uni yechimining quyidagi pog`onasi namoyon bo‘ladi:
Ziddiyatning keskinlashuvi Ochiq konflikt jarayoni Konfliktni anglash Konflikt paydo bo`lishi va rivojlanishi Konflikt yechimi
Konfliktning yechimini topish - konflikt vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi bilimlar va ko‘nikmalar majmuidan iboratdir.
Konfliktning yechimini topish - konflikt vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi bilimlar va ko‘nikmalar majmuidan iboratdir.