Pedagogik konfliktologiya moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə11/12
tarix22.10.2017
ölçüsü0,89 Mb.
#10142
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Noto’g’ri va stereotip qarash. Konflikt echimidan maqsad bu to’qnashgan tomonlarning o’z xohish va irodasiga suyangan holda o’zaro istiqbol, ya’ni kelgusi hamkorlik nuqtai nazaridan kelishuvidir. Demak, konflikt echimi – tomonlar kelishuvi va tinchlikda yashash uchun qilingan qaror va sayi-harakatlar majmuasidan iboratdir. Konflikt o’choqdagi olovga o’xshaydi, agar olov o’chgan bo’lsa ham, uchqunlar qolgan bo’lsa, konfliktning qayta olovlanishi hech gap emas. Demak, konfliktning to’la echimi, ya’ni haqiqiy hal bo’lishi uchun har bir tomon ham to’la qoniqish xissini tuygan, uning echimidan to’la rozi bo’lgan bo’lishi shart. Agar konflikt echimidan qaysi bir tomon qoniqmagan bo’lsa, uning qayta «olovlanishiga» sabab va imkoniyat doim mavjud bo’ladi.

  1. Odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo’ladi.

Noto’g’ri. Konfliktlar echimi bizni zo’ravonlikdan voz kechishga o’rgatadi. Ammo biz hayotda ko’pchilik hollarda aynan zo’ravonlik asosida ziddiyat echimini topishga urinish mavjudligini kuzatamiz. Ammo bunday xulosa, ya’ni konflikt albatta zo’ravonlik asosida hal etilishi lozim deb o’ylash, aslida noto’g’ri va zararli qarashdir. Konfliktning muvaffaqiyatli echimini topaman desangiz, muammoni shaxs va insondan ajraga bilish, alohida ko’ra bilish muhimdir. Konflikt aslida – inson emas. Aslida konflikt bu – muammo. Mazkur muammoni siz bilan to’qnashgan odam emas, balki vaziyat vujudga keltirgan. Konfliktni echmoqchi bo’lsangiz, insonga, uning shaxsiyatiga emas, balki muammoga hujum qila bilish zarur. Konfliktning kelib chiqishida inson emas, mavjud muammo aybdor. Va konfliktning echimini topish uchun eng qulay va effektiv vosita zo’ravonlik emas. Zo’ravonlik konfliktni echimga olib kelmaydi, balki uni chuqurlashtiradi. Zo’ravonlik aslida konflikt echimini topish va uni hal etish yo’li bo’lmay, balki insonni ezish, kamsitish, qo’rqitish, unga jismoniy zug’um o’tkazish yo’lidir. Zo’ravonlik inson ustidan nohaq hukm chiqarishdir. Inson hayoti ustidan o’tkazilgan har qanday zo’ravonlik dunyoviy davlat qonun­chiligida ham, diniy e’tiqod va din tamoyillarida ham qoralanadi. Konflikt doirasida bo’ladimi, konfliktdan ayri holda bo’ladimi, zo’ravonlikning har qanday ko’rinishlarini oqlab bo’lmaydi. SHu bois, odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ridir.

  1. Konfliktlar echimining eng muhim xususiyatlaridan biri – kim haq, kim nohaq ekanligini aniqlashdir.

Noto’g’ri. Konflikt ikki tomon manfaatlarining to’qnashuvi bo’lgani uchun, ikki tomonni qiziqtirgan masalalardan biri – kim haq, kim nohaqligini aniqlash bo’ladi. CHunki konflikt asosida ikki tomonning manfaatlari yotadi. Har bir tomon o’z manfaatlarining tushunilishi, qondirilishi uchun harakat qiladi. Agar, biz haqmiz, degan qarash ustunlik qilsa, demak biz g’olib bo’lamiz, deb o’ylanadi. Bu noto’g’ri va stereotip eskicha qarash. CHunki insonni u yoki bu darajada qamrab olgan har qanday muammo o’zaro barchaga aloqador bo’lib, bu muammoni faqat barcha tomonlarning ishtirokida hal etish mumkin. Sizning nuqtai nazaringiz boshqa bir insonning nuqtai nazaridan o’zgacha bo’lishi mumkin. Sizning bu narsa – to’g’ri, yoki bu narsa – noto’g’ri, degan xulosangiz ham boshqalarning fikriga to’g’ri kelmasligi mumkin. Har bir konfliktda har qaysi tomonning o’z haqiqati, o’z to’g’ri asoslari mavjud bo’ladi. Tomonlar o’z haqiqatini ro’kach qiladi. SHu nuqtai nazardan konfliktda har ikki tomonda ham haqiqat mavjud bo’lishi mumkin. YA’ni, har ikki tomon ham haq bo’lishi mumkin. Demak, aslida ziddiyatda “kim haq, kim nohaq ekanligini emas”, balki “ikkalamiz uchun umumiy bo’lgan haqiqat nimada” - shuni qidirish lozim. Haqiqatni ayri-ayri ikki tomon uchun emas, balki umumiy barcha tomonlar uchun topish va anglash lozim. Demak, konflikt vaziyatda batamom haq bo’lgan, yoki batamom nohak bo’lgan tomon mavjud bo’lmaydi. SHu bois, ziddiyatli vaziyatda haq va nohaq bo’lgan tomonlarni aniqlash mana shu ziddiyatni noto’g’ri hal etish yo’liga kiritib qo’yadi va nizoni hal etishning to’g’ri usuli bo’la olmaydi. CHunki aslida ziddiyatda haq va nohaq tomonlarning o’zi mavjud emas.

  1. His-tuyg’ularni jilovlash har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo’lidir.

Noto’g’ri. Bunday qarashning ikki o’ziga xos xususiyati mavjud. Bir tomondan irodasi mustahkam odamlargina o’z emotsiyalarini jilovlay oladidar. Ikkinchi tomondan, o’zbeklarning milliy mentalitetida o’z xis-tuyg’ularini (ular ijobiy bo’ladimi, yoki salbiy bo’ladimi, baribir) ko’z-ko’z qilish, boshqalarga ko’rsatish, ularni ro’kach qilish uyat hisoblanadi. Aslida konfliktda o’z xissiyotlarini yashirish noto’g’ri hisoblanadi. Xis-tuyg’ular turlicha bo’lishi mumkin. Ular ham ijobiy, ham salbiy bo’lishi mumkin. Ular mazmunining qandayligidan qat’iy nazar o’z xissiyotlarini, ayniqsa ular salbiy bo’lsa, yashirish, ularni ochiq namoyon etmaslik, ichga solish, ezilib yurish, yomon xissiyotlarning domiga tushib qolish aslida to’g’ri emas. Salbiy xissiyotlar inson sog’lig’ini ichdan emiradi, ular sog’liqqa zarar hisoblanadi. Bunday xis-tuyg’ularning chuqurlashib ketib, kuchayishi oqibatida depressiv holatlar vujudga kelishi mumkin. Ular esa o’z holida insonni kasalliklarga duchor qilishi, yoki uni “suitsid” – o’z joniga qasd qilish vaziyatlarga olib kelishi mumkin. His-tuyg’ularni ifoda etish inson sog’lig’i uchun foydalidir. Bu erda gap – xis to’ylarni jilovlash haqida emas, balki ularni qanday ifoda etish ustida ketyapti. Salbiy xis-tuyg’ularni ham ifoda etish darkor. SHuningdek, ijobiy xis-tuyg’ularni ham ifoda qilish usullarini bilish darkor. Xis-tuyg’ularni ichda saqlashning me’yorlari mavjud. Ular, ya’ni xissiyotlar insonga zarar keltirmasligi darkor. Biroq, xis-tuyg’ularni ifoda qilish, agar ular salbiy bo’lsa, birovlarga baqirish, ularni haqorat qilish, g’azab otiga minib olib, barchaga o’zni qarama-qarshi qo’yish, birovlar ustidan hukm o’tkazish, do’pposlash, urish, so’kinish, mazah qilish, birovlarni pastga urish, ular nafsoniyatiga tegish degani emas. Xis-tuyg’ularni ifodalashda ham muomala madaniyati zarur. Ammo shunga qaramasdan, o’z xis-tuyg’ularimizga erk berganimizda birovning nafsoniyatiga tegmaslik, uning xis-tuyg’ulariga hurmat bilan munosabatda bo’lish zaruriy talabdir. Bizni qiynab turgan salbiy emotsiyalarga erk berganimiz, biz uchun yaxshi holat. Ammo mana shu salbiy emotsiyalarimiz birovga tahdid ekanligi oldini olish va emotsiyalarni jilovlay bilish konfliktlar echimidagi zaruriy malakadir. Ijobiy emotsiyalarni mustahkamlash, salbiy emotsiyalardan ozod bo’lish zamonaviy insonni turli ziddiyatlardan asrab qoluvchi xususiyat hisoblanadi. Demak, his-tuyg’ularni jilovlay bilish har qanday konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning eng oson yo’li bo’lmay, balki muomala madaniyati qonuniyatlarini, o’z emotsiyalarini ifoda etish uslublarini bilish konflikt vaziyatni kuchaytirmaslikning maqbul yo’li hisoblanadi. Emotsiyalarni ichga solish emas, ularni ifoda qilish, shuningdek ularni ifoda qilish usullarini bilish zarur.

SHunday qilib, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo’lar ekan, konfliktlarni tan olmaslikning, ularni inobatga olmaslikning ilojisi yo’q. Faqat konfliktlarni boshqarish, ularning echimini topishga o’rganish darkor.

Konfliktlar tipologiyasi, ya’ni uning o’ziga xos tiplarga, ko’rinishlarga bo’linishi ancha murakkab hodisa hisoblanadi. CHunki har bir real konflikt faqat uning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlardan iborat bo’ladi. SHu nuqtai nazardan, konfliktlarni o’xshash guruhlarga ajratib o’rganish biroz qiyinchiliklar tug’diradi. Ammo konfliktlarni biror to’xtamga, biror ijobiy natijaga keltirish usullari jihatidan ba’zi umumiy qoidalar va tamoyillarni ajratib ko’rsatish mumkin:

Birinchidan, konfliktlar hoziri zamonning eng dolzarb ijtimoiy muammolaridan biridir. Konfliktlar kelib chiqishiga ko’ra: xalqaro, oilaviy, xududiy; konflikt ishtirokchilariga ko’ra: shaxslararo millatlararo, davlatlararo, ma’lum guruhlar o’rtasidagi, tizimlar o’rtasidagi konfliktlarga bo’linadi.

Ikkinchidan, konfliktning qanday tugaganligi uning qanday echimga olib kelganligiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi. Konflikt, o’zaro tomonlar nizosi sifatida tugashi mumkin, ammo uning tugatilganligi konflikt o’z echimini topganligini har doim ham anglatavermaydi. Masalan, ziddiyat tomonlarning har birining o’limi bilan tugaydi, deylik. Konflikt nihoyasiga etgan deb xulosalash mumkin. Ammo bu - manfaatli tomonlar o’rtasidagi nizo va ziddiyat tugaganligini anglatmaydi. Nizo qolaveradi. SHu bois, “konflikt echimi” tushunchasi “konfliktning tugashi” tushunchasidan kengroq va aniqroq tushuncha hisoblanadi. Agar konflikt tugashi tushunchasida har qanday konfliktning har qanday tugashi, uning biror sabablarga ko’ra nihoyasiga etishi tushinilsa, konfliktning echimi tushunchasi uning biror “ijobiy” natija bilan, har ikki tomonni qoniqtirgan yaxshi xulosalar bilan to’xtam va xulosa kelinganligini anglatadi. Konfliktning echimi uning haqiqiy tugatilganligi, ikki tomon o’rtasidagi nizo va inqirozning echimi topilganligi, o’zaro qarama-qarshilik yo’qotilganligi, tinchlik va totuvlik tamoyillari tomonlar o’rtasida o’rnatilganligini anglatadi.

Konfliktlar echimi bo’yicha amaliyot va hayotiy tajriba har vaqt uning echimi uchun har ikki tomon tarafidan juda katta sayi-harakatlar va intilish zarurligini, tomonlarning echim va to’xtamga kelishi oson kechmasligini ko’rsatadi. CHunki konflikt “o’zidan-o’zi” hal bo’lib qoladigan voqelik emas. Uni hal qilish uchun birovni anglash, eshitish, adolatparvarlik mezonlariga rioya qilish, kompromisslarga kelish, umumiy va barchani qoniqtirgan echimni topa bilish, jahldan voz kechish va boshqa bir qator amallarni bajarish lozim bo’ladi. Albatta, konfliktni mensimaslik, uni tan olmaslik (ignorirovat), uni o’zicha talqin qilishga urinish bo’lishi mumkin. Ammo bu holda konflikt stixiyali tarzda, ya’ni xech kimga bo’ysunmagan holda takomillashib, rivojlanib boradi, konflikt keskinlashadi, yanada murakkablashadi, o’z domiga boshqa shaxslarni ham torta boshlaydi, kengayadi, tomonlarni, demakki manfaatlarni to’xtamga keltirish mumkin bo’lmay qoladi, manfaatli tomonlar ko’payadi, va oxir-oqibat butun sistemani, ya’ni konfliktdan oldingi vaziyatni batamom vayron qiladi.

Konfliktning echimiga kelish uchun muhim bo’lgan talablardan biri – tomonlarning uning echimini qidirishga tayyorligi va ularning ixtiyoriy tarzda konflikt echimini topishga astoydil bel bog’laganligi hisoblanadi. Agar tomonlar o’z hoxishiga ko’ra konflikt echimini topishga tayyor bo’lmasalar, konflikt echimini topib bo’lmaydi. Eng avvalo konfliktni yuzaga keltirgan ob’ektiv sabablar to’xtalishi, uni yuzaga keltirgan sharoitlar aniq belgilanishi darkor. SHu nuqtai nazardan, har qanday konflikt sub’ektiv omillar (insonlar, guruhlar, tizimlar) ham ob’ektiv omillardan tashkil topadi (nizoni keltirib chiqarishga sabab bo’lgan tashqi omillar). Konflikt echimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni talab etadigan, tomonlarning o’z ustida uzoq muddat ishlashini zaruriyatga aylantiradigan jarayon bo’lishi mumkin. Konflikt echimini topish – tomonlarning bir birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo’ldir.

SHu nuqtai nazaridan, konfliktlar echimini kuyidagi guruhlarga ajratish mumkin:



  • tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko’ra ziddiyatning echimga kelishi va to’xtatilishi;

  • konfliktning simmetrik echimining topilishi va to’xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi);

  • konfliktning asimmetrik hal bo’lishi ( ziddiyatda faqat bir tomon yutib chiqadi);

  • konfliktning boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi;

  • konfliktning asta “o’chib”, “so’nishi” va yo’qolib borishi.

Ko’rinib turibdiki, aslida konfliktning echimiga qarab turlarga bo’linishi, uning mavjud bo’lgan barcha xususiyatlarini o’zida jamlamaydi. CHunki konfliktning echimga kelishida juda ko’p nostandart xolatlar mavjud bo’ladi.

Amerikalik olim R.Dal konflikt echimining kuyidagi uch spetsifik turlarini ajratib ko’rsatadi: konfliktning tupikka kirib qolishi, zo’ravonlik ko’rsatish, nizoning tinchlik bilan tugatilishi. Boshqacha qilib aytganda, konfliktning tupikka kirib qolishi – “biror muddatga uning echimi to’xtatilganligini”, zo’ravonlik asosida hal bo’lishi – tomonlarning bir-birini yo’q qilishga urinishini, nizoning tinch yo’q bilan hal etilishi esa - uning konstruktiv, ya’ni aql bilan hal qilinishi imkoniyati ishga solinganligini anglatadi. Ammo har qanday vaziyatda ham konfliktning echimi topilmaganligi uning umuman yo’q bo’lib borayotganligini emas, balki nizoning ochiq formadan “yashiringan” formaga o’tib borayotganligini bildiradi. “YAshiringan” formadagi konflikt esa nima oqibatlarda olib kelishi – tomonlarning qanday emotsional-psixologik xususiyatlarni o’zida to’plab borayotganligiga bog’liq bo’ladi. Agar bu holatlar – ijobiy sensorlarga tayansa, konflikt echimini topish uchun sharoit mavjud bo’ladi, agar ular salbiy sensorlarni kuchaytirib yuborsa, demak, konfliktdagi keskinlikning oshib borayotganligini anglatadi.



  • konfliktning yuzaga kelishi tabiiy hol hamda uning vujudga kelishidan qo’rqmaslik va dovdiramaslik lozim;

  • konfliktning sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilish darkor;

  • konflikt tomonlar manfaatlarining to’qnashuvi hisoblanadi;

  • konfliktning echimini topish uchun ikki tomonning ixtiyoriy sayi-harakalar olib borishi va konflikt echimini topishga rozi-rizoligi talab etiladi;

  • har qanday konfliktning o’z echimi mavjud, faqat uni topa bilish zarur;

  • konfliktning echimi topilmaganda, u “so’nishi”, yo’q bo’lganday ko’rinishi mumkin, aslida konflikt o’z-o’zidan hal bo’lmaydi, balki keyinroq boshqa kattaroq nizolarni keltirib chiqaradi;

  • konflikt echimini ijobiy topish uchun ma’lum bilim va malakalarni egallash darkor;

  • konflikt echimini topish jarayonida ziddiyat qarama-qarshi odamga, uning shaxsiyatiga emas, balki ikkala tomon o’zaro birlashib, o’z mulohazalarini mavjud muammoga qaratishi darkor;

  • konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi;

  • konfliktlar har doim mavjud bo’ladi, shuning uchun ham yoshlar ularni boshqarish malakasiga ega bo’lishi lozim.

Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari:


  • Konfliktni vujudga kelganini, uning mavjudligi tan olish va uni o’rganish.

  • Konfliktga tortilgan hodimlar, bevosita konflikt ishtirokchilari hamda konfliktga aloqador bo’lmagan, ammo mana shu jamoaning barcha hodimlarining ziddiyat to’g’risidagi holis fikr-mulohazalarini o’rganish.

  • Konfliktning asl mazmunini, nima sababdan kelib chiqqanligini aniqlash.




  1. Pedagogik konfliktlar bilan boshqarish tushunchasi.

Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy, va ruhiy islohatlar, puxta tayyorgarlik shaxsiy tayyorgarlik ayrim shaxsiy sifatlar bo’lish kerak. Pedagogik maqsadga yo’naltirishda qanday munosabatlarga e’tiborimizni qaratishimiz kerak. Pedagogik kasbini tanlangan kishi avvolo sog’lom bo’lishi so’zlarni to’g’ri va yaxshi talafuz qila olishi bosiq asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomolada o’zini tuta olishi zarur. SHuningdek bolalalrni yoqtirishi ular bilan ishonch bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomilalik keng fikrlay olish tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqligini ko’rsatadi. Pedagog o’z maqsadiga yutug’larga erishishi uchun munosabatga o’quvchilar bilan kirishi uchun qo’yidagi vazifalarga ega bo’lishi lozim. Bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish pedagogik ishni sevish, psixologik va pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniy, dilkashlik, talabchanlik, qatiylik va maqsadga intilish, vazminlik o’zini tuta olish. Pedagog pedagogik maqsadga yo’naltirilgan munosabat jarayonda o’quvchilarni xarakter xususiyatlariga ham alohida e’tiborini qarata olishi lozimdir.

Maqsadga erishishga birgalikda intilish. Ta’lim sohasida biz maqsadga erishimiz. Uchun albatta birgalikda intilishimiz lozimdir. Ta’limni tashkil etuvchi hodimlar bu pedagoglardir shunday ekan ta’limni samarali amalga oshishida kimlar bilan birgalikda ishlashimiz o’rinli Ma’lum, pedagogik kasbda maqsadga erishish uchun o’qituvchining faqat bilimdon bo’lishi, u yoki bu fanini chuqur bilishining etarli emas. O’qituvchi tarbiya hamdir. U bolalarning yosh va ruhiy hususiyatlarini e’tiboriga olib biror fanni qay darajada, qanday usullar bilan o’rganishni ham, bolalarni qanday tarbiyali metodikasini ham, inson shaxsning shakllanishi qonunniyatlarini ham bilishi zarur.

Ijobiy va salbiy munosabatlar.

Qarama-qarshilik ijobiy munosabat.

Pedagog jamoa bilan ishlashni bilish, guruh talablariga munosabati jarayonida bir xil muomola bo’lishi, ota-onalar bilan ishlashi guruh rahbari ish tizimining ajralmas qismidir. Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbaridan ular bilan ishonchli va ishchan munosabati o’rnatish pedagog nazokat, chidam, izchil va qat’iy e’tiborini talab qiladi. Tarbiyaning umumiy va vazifalari ota-onalar jamoasi orqali muvoffaqiyatli hal qilinadi. Sinf rahbari ota-onalari tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashga majbur qilib ogohlantirsa maqsadga erishishning qiyinchiliklarga duch kelmaydi.

Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatdir.

Prezidentimiz I. Karimov takidlagannidek “birorni o’qitadigan tarbiya qiladigan inson avvolo o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i lozim. Zamon talablari shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini va qund va savot bilan o’rganib mag’zini chaqib o’ndan keyin tinglovchilarga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi. O’qituvchining ijobiy munosabatlari qay darajada shakllanganligida ham bog’liqdir. Qobiliyat jarayonida, faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi deb ta’kidlaydi professor M. Ochilov hamda o’qituvchi qobiliyatini qo’yidagi turlarni tavsiya etadi. Jumladan, bo’lishi qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, muomola qilish qobiliyati kabilar.

Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil qilishi o’qituvchining ijobiy munosabatlaridan biridir. YUqori saviyada o’tilgan mavzular yoshlar ongiga uzoq saqlanadi. Ularning iymon e’tiqodi va mafkuralarning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rstadi. SHu sababli o’qituvchining ishlash saviyasi o’z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati, dastlab dars ma’ruzalarida ko’rinadi.

Dars berish sa’natini egallashda o’qituvchi ishontirgan o’quv mashg’uloti guruh bilim berish vositasi bilan birga, mustaqil O’zbekistonning ravnaqi, ertangi kunga bo’lgan ishonch, xalqimizning aql zakofati va mehnatining nimalarga qodirligi jamiyatning munosib fuqorosi va quruvchisi bo’lishi uchun nima qilish zarurligini ko’rsatuvchi ko’zgu bo’lib, xizmat qiladi.



Qarama-qarshi salbiy munosabat.

YOshlarimiz dars jarayonida ijobiy munosabatlari o’zlarida shakllantirsinlar. O’quvchi yoki tinglovchilar darsdan har jihatdan mamnun bo’lsinlar ularda romatik orzular uyg’onsin, tafakkuri rivojlansin amaliy faoliyat, ijodiy qobiliyat, o’qish-o’rganish va mehnatga havas kuchaysin. Ular o’quv mashg’ulotidan keyin baholari bilan emas, balki bilim va malakalari hosil qilinganliklarini ma’naviy oziq olganlarning his qilsinlar. Ta’limni mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo’lishi ustoz bilan shogirdlar qalbini ruhini bir biriga mustahkam bog’laydi, ular o’rtasida samimiy xurmatni o’zaro ishonchni mustahkamlaydi. Buning uchun o’qituvchi avvolo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l usullarini mukammal o’zlashtirib olishi, o’qituvchi murabbiyga hos madaniyatni yuqoriligi, o’z shogirdlariga xurmat va muhabbat, ular hayotiga qiziqish va ruhiy holatlarini bilish tushunishi, bosiqlik, xis tuyg’ularni boshqara olishlari, tashqi ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi jamoat ishlariga faoliyatchi, ayniqsa omma o’rtasida ilmiy ma’rifat va ma’naviy madaniy ishlar tahribotchilari bo’lishlari lozim. SHundagina mamlakatimiz. Kelajagi bo’lgan yoshlarimiz. O’z murabbiylari nomini zo’r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o’qituvchi tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori axloqiy fazilat egasi bo’lishlari darkor.



O’qituvchining salbiy munosabatlari o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimini baholashda qo’yilgan xatolar faqat baholashda qo’yilgan xatolar faqat baholash kompanentlarining o’zgarishiga emas, balki butun o’quv bilish faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Ular bu tizimga xos bo’lgan kamchiliklarni kuchaytirib, uni kamsuqum yoki yoqimsiz qilib qo’yadi. O’quvchi o’z-o’zini bilan qiyoslangan sinorda ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Bolalar bilishini shunday taqqoslash kerakki, unda birovni yuqori ko’tarib, boshqalarni erga o’rmay, bolalarning eng yaxshi natijalarga erishuvini va o’z shaxsini takomillashtirishini qo’llab-quvvatlasin. Pedagog ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni oldini olishda har bir o’quvchini harakteriga e’tiborini qaratish kerak.

  1. Pedagogik konfliktning jarayoni bosqichlari.




  1. Konfliktni vujudga kelganini, uning mavjudligi tan olish va uni o’rganish.

  2. Konfliktga tortilgan hodimlar, bevosita konflikt ishtirokchilari hamda konfliktga aloqador bo’lmagan, ammo mana shu jamoaning barcha hodimlarining ziddiyat to’g’risidagi holis fikr-mulohazalarini o’rganish.

  3. Konfliktning asl mazmunini, nima sababdan kelib chiqqanligini aniqlash. Ziddiyatning shaxslararo konflikt ekanligi, yoki tomonlararo konflikt ekanligini belgilash. SHuningdek, jamoadagi osoyishtalikni buzish, jamoaga o’z salbiy ta’sirini o’tkazishga, ish jarayonining buzilishiga sabab bo’layotgan odam mavjudligi yoki yo’qligini aniqlash. Umuman konflikt vaziyatining sub’ektiv va ob’ektiv kelib chiqish sabablarini o’rganish. Ob’ektiv sabablar mavjudligi aniqlansa, ularning oldini olish choralarini ko’rish, masalan, kompyuterning buzilib qolganligi, elektr chirog’ining o’chib qolganligi, qog’ozlarning etishmovchiligi v.h.

  4. Konflikt echimini rejalashtirish. Konflikt echimini topish bo’yicha turli alternativ usullar, yo’llar va stsenariylarni ishlab chiqish. Konfliktning qanday rivojlanib va o’sib borishi mumkinligini aniqlash. Konfliktning o’sib ketmasligi oldini olish choralarini ko’rish.

  5. Konflikt echimi jarayoniga barcha hodimlarni jalb qilishga harakat qilish. Ko’pchilik hollarda bargalikda ziddiyat mazmuni, uning kelib chiqishi va uning echimini topish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash yo’nalishida hamkorlik va birgalikda ishlashning o’zi konflikt vaziyatni yumshatishga, tomonlar manfaatlarini uyg’unlashtirishga, umumiy maqsadlarni topishga, shuningdek uyg’unlik asosida tomonlarni yangitdan bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Mummoni ochiq muhakamaga qo’yish, har bir hodimning fikr va qarshalarining samimiy bayon qilinishiga erishish, qarashlardagi plyuralizmga erishish, konflikt echimi bo’yicha har bir tomon qarashlarining ifodalinishini yo’lga qo’yish jamoadagi har turli keskinliklar, mavhumlik, gina-qudrat, g’iybat, hafagarchilik, fikrlarning ichda qolib ketishi, g’alamislik, fitna, intrigalar, bo’xton va aniq bo’lmagan ma’lumotlarning tarqalishining oldini oladi.

  6. Butun jamoadagi diqqatni konfliktning mazmunini, muammoning mohiyatini anglashga qaratish va yo’naltirish yaxshi natijalar beradi. CHunki konflikt – bu hayotning, yoki jamoadagi faoliyat jarayonining oxiri emas. Kollektiv bundan keyin ham birgalikda, hamkorlikda ishlashi lozim. Ish yuzasidan esa turli ziddiyatlar bo’lishi mumkin. Ish yuzasidan bo’lgan ziddiyatlarga ish jarayonini yaxshilash uchun vujudga kelgan yangi vaziyat, ish unumdorligini oshirish imkoniyati, mehnat jarayonlaridagi nizolarni olib tashlash orqali yangi munosabatlarni o’rnatish jarayoni sifatida qarash o’rinlidir. Konflikt – jamoada yuzaga kelganda ham, oddiy va tabiiy hayot jarayoni bo’lib qolaveradi. Konflikt ko’pincha jamoada vujudga kelgan notabiiy va nizoli holatning yangi mazmunda qayta shakllantirilishi uchun katta imkoniyat beradi. Katta ishlab chiqarish jarayonlarida, biznes tsrukturalar faoliyatida konflikt mehnat unumdorligini oshirish va mehnat jarayonini jonlilashtirishning muhim va zarur bo’lgan xususiyatlaridan hisoblanadi. Konflikt kelib chiqishidan so’ng vujudga kelgan yangi vaziyat aynan yangi qarorlar uchun yo’l ochib beradi. Yig’ilib qolgan muammolarni yuzaga chiqaradi. Ular echimini topishga butun jamoani yo’naltiradi. Tashkilotdagi atmosfera qanchalik osuda va tinch ko’rinmasin uning ichki rivojlanish tamoyillarida konfliktlar rejalashtirilgan va tabiiy o’rnashtirilgan bo’ladi. Konflikt jamoadagi muammoni yorqin va aniq ko’rish, uni xis qilish va uning echimini topish orqali, yangi ilg’or va taraqqiyot tamoyillarini belgilab olish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bu holat – konflikt mazmunida yashiringan uning yaratuvchanlik imkoniyatlarini ko’rsatadi. Agar tashkilot rahg’bari jamlada ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarni oldindan bashorat qila olsa, yoki vujudga kelgan konfliktlarni yaratuvchanlik tamoyillari asosida rivojlantira olsa, jamoa ichidagi ziddiyatlardan qo’rqmasa, mana shu tashkilotda o’sish va ulg’ayish ta’minlangan bo’ladi.

  7. Konflikt echimi doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash va konflikt vaziyatni hamkorlikda qabul qilingan echimga olib kelish. Har bir tomonning amallari aniq, o’zaro muvofiqlashgan, bir-birini to’ldirgan, adolatli va oddiy bo’lishi zarur. Echimni o’z vaqtida topish konfliktning kuchayib ketmasligini ta’minlashini esdan chiqarmang.

  8. Konflikt vaziyat bo’yicha belgilangan qaror va xulosalarning o’z vaqtida joriy etilishini ta’minlash zarur. Konflikt vaziyatda bir marta qaror qabul qilib, qaror qabul qilingandan so’ng konflikt o’z-o’zicha echiladi, deb o’ylash noto’g’ridir. Konflikt echimi bilan aloqador bo’lgan qarorlarning bajarilishigina konfliktning haqiqiy echimi bo’la oladi. Vaziyat konflikt echimi topilganini ko’rsatishi mumkin, ammo ana shu konflikt echimi amalga oshirildimi, bu sizning keyingi sayi-harakatlaringizga bevosita bog’liq bo’ladi. Agar siz konflikt eichmi topilganligi bosqichida muallaq turib qolsangiz, konflikt o’z echimi ijrosi hes qachon topmaydi, konflikt – konflikt vaziyatida qolib ketaveradi. SHu bois, ziddiyatga doimiy e’tibor qaratish lozim bo’ladi.

Konfliktga yo’l qo’ymasdan ishlayotgan o’qituvchilarning retrobahosi:

  • birinchi o’qituvchi ideal – o’qituvchi, pedagog namunasi, unga o’xshashni butun hayotlari davomida istashadi;

  • hech qanday nuqsonga ega emas, namunali o’qituvchi;

  • so’zsiz namuna sifatida qabul qilishdi.

  • kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga dars bergan o’qituvchi haqida faqat yaxshi fikr bildirishdi.

  • mutlaq tajribali, o’z ishining ustasi.

  • eng yorqin va quvonchli xotira saqlanib qolgan.

  • to’rt yil davomida yetti o’qituvchi almashdi, hammasi ajoyib kishilar edi.

  • men o’qituvchimning biror marta chegaradan chiqqanligini ko’rmadim.

  • o’qituvchimizni sevamiz va hozirgacha eslaymiz.

  • o’qituvchi onamizdek edi, uni juda sevardik.

  • konfliktlar yuz bergani yo’q, o’qituvchining obro’si shu darajada yuksak ediki, uning har bir so’zi biz uchun qonun edi.

  • nizolar yo’q edi, o’qituvchi o’quvchilar va ota – onalar orasida so’zsiz obro’ga ega edi.

  • u farishta edi, har qanday nuqsonlardan xoli...

Ko’ramizki, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini retrobaholash maqsadsiz kishi qiyofasini asoslaydi, go’yoki bunday shaxs maktabda birinchi marta paydo bo’lgani kabi. Shu bilan birga baholashning asosga ega qismi diqqatni tortadi. O’qituvchilarga berilgan a’lo baho ularning jarohat yetkazmasdan, ziddiyatsiz kasbiy faoliyatiga tegishli bo’lib, ular sirasiga ajoyib inson, yaxshi pedagog, bolalarga mehribon, onalardek mehribon, qoloq o’qituvchilarni e’tiborsiz qoldirmaydi, o’quvchilarni do’stlashtira olgan, talabchan va adolatli, nazokatli kabi sifatlashlar mansub. Ideal o’qituvchidan o’quvchilar ayrim hollarda nuqson ham topishdi: ko’p diqqatini o’z ust – boshiga qaratadi; uning kiyim – boshiga maftun bo’lgan ayrim o’quvchilar mashg’ulotga yaxshi diqqat qilishmasdi; ko’pincha faqat a’lochilarni maqtab, qoloq o’quvchilarga oz diqqat qaratardi, ko’pincha tutaqib, baqirar edi.

Taxmin qilish mumkinki, ko’pgina nizoli to’qnashuvlar kuzatuvdan chetda qoldi. Nimadir o’quvchilar xotirasidan o’chib ketgan bo’lishi mumkin. Biroq bo’lajak o’qituvchining kasbiy fikrlashi uchun maktabda kichkintoylar bilan olib boriladigan pedagogik muloqotning ruhiy muvozanatli, prinsip jihatdan ular ruhiyatiga jarohat yetkazmaslik muhimdir. Bunga qo’shimcha ravishda o’qituvchining kichik maktab o’quvchilari bilan bo’ladigan muloqotida o’zaro ziddiyatsiz munosabatga oid yana bir xulosani qo’shish joizdir. Bu har bir o’qituvchining bo’lajak muloqotda o’z oldiga maqsad qo’ya bilishi va o’z kasbiy pedagogik faoliyati modelini yuqorida tilga olingan o’qituvchilar namunasida qura bilishi bilan bog’liq xulosadir.

Maktab o’quvchilari xotirasida uzoq muddat hattoki butun umr davomida saqlanib qoluvchi nizoli vaziyatlarni yoritishga urinib ko’ramiz. Konfliktlarga oid faktografik ma’lumotlarni ilmiy qayta ishlash natijasida umumiy ta’limning birinchi bosqichida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlarga bir necha tomondan yondashish mumkin bo’ladi. Konfliktli – nizoli hodisalarning butun manzarasini ko’z oldimizga keltirishimiz uchun quyidagi bir guruh faktlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi:

konfliktda qatnashuvchilar haqida ma’lumot, konfliktli vaziyatlar, ularning ssenariysi mohiyati haqidagi ma’lumotlar. Uning oqibatlari haqidagi ma’lumotlar ham shunga mansubdir.

Boshlang’ich sinflarda nizolashuvchilar tarkibi turg’un va asosiy tomonlar sifatida o’quvchilar va o’qituvchilar ishtirok etadi.

Konfliktlarning quyidagi turlari qo’shilib ketadi: bir tomondan qoloq o’quvchilar bilan yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilar, obro’li va obro’siz o’quvchilar, o’g’il va qiz bolalar, o’g’il bolalar guruhi bilan qiz bolalar o’rtasida nizolashuv mavjud bo’ladi. Ikkinchi tomondan – har har xil malaka va mahoratga ega bo’lgan o’qituvchilar o’rtasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida – juda obro’li, o’ta talabchanlar, o’quvchilar nazarida o’rtacha reytingga ega bo’lganlar hamda yuksak pedagogik mahortaga ega bo’lgan o’qituvchilar ham mavjud.

Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi o’rinni kuchli o’qituvchilar egallaydi. O’qituvchilar bilan nizolashuvchi o’quvchilar soni o’zlashtirish va davomat bo’yicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, o’quvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi o’qituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting bo’yicha barcha kasbiy darajalarni o’z ichiga oladi.

Boshlang’ich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya bo’yicha uch guruhga ajratish mumkin:



  1. Didaktik

  2. Axloqiy (Estetik)

  3. Va boshqa nizolar

Nizoli to’qnashuvlarning real manzarasini to’g’ri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz. Ularning o’ziga xos “invertarlash”dan so’ng muhokama, sharh va xulosalash mumkin.

Asabiylashtiruvchi voqyea – hodisalar kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitishda mohiyat jihatdan unchalik ko’p emas. O’qituvchi – o’quvchi munosabatida 3 guruh o’zaro munosabat yetakchi o’rin tutadi, qaysikim bu holda o’quvchilar ruhiy shikastlanishi mumkin. Ular darsda emas, balki o’qituvchining o’quvchi bilan qiladigan muomalasi, taktikasi, uslubi, o’quvchi qilmishidan g’azablanish kabilarda aks etadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga intizomiy usullar eng kuchli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Bunday usullarning qo’llanishiga doir o’ziga xos misollarni keltirsh mumkin.



  • Hamma o’quvchilar shovqin ko’tarmoqda, sinfdan esa faqat bir o’quvchi chiqarib yuborildi.

  • O’quvchilarning ota – onasi bilan o’zlashtirish yuzasidan suhbat o’tkazish maqsadida o’qituvchi ularning bosh kiyimi yoki portfelini olib qo’yadi.

  • Parta orqasida tik turishga arzimagan aybi uchun majbur qiladi.

  • Sababini so’ramasdan qiz bolani kechikkani uchun qizartiradi, uyaltiradi.sinfda tartibni ikki o’quvchi buzsa, ularning faqat biri jazolanadi, o’qituvchiga yoqmagani uchun.

  • Yangi kelgan o’quvchi ehtiyotsizlik qilib deraza oynasini sindiradi, buning uchun bir o’qituvchi unga intizomsizlik tamg’asini bosadi.

  • Sinfda o’qituvchi sumkasidan pul yo’qoladi, yoppasiga tintuv o’tkaziladi, vaholanki pulni hech kim o’g’irlagan emas.

  • Butun sinf bo’yicha she’r yodlanmagan, o’qituvchi barcha o’quvchilarni kiyinib, ota – onalarini chaqirish uchun yuboradi.

  • Sinfda sho’xlik qilgan o’quvchilarning bahosini pasaytiradi.

  • O’quvchilarni “tur – o’tir” qabilida darsdan axloqi uchun jazolaydi, biroq bu o’quvchilarni intizomli qilib qo’ymaydi.

  • Shanbalik paytida o’quvchilar yaxshi ishlashdi. Lekin shishani sindirishdi. Yaxshi tomonlar hisobga olinmasdan butun sinf o’quvchilariga direktor va o’qituvchi hayfsan e’lon qiladi.

  • O’qituvchi daftardan xato topgach, uni yirtib tashlaydi va nima uchun shunday qilganini sharhlaydi ham.

  • O’qituvchi o’quvchini sinfdan haydab chiqarmoqchi bo’ladi, biroq u buni xohlamaydi, o’qituvchi g’azablanib, asabiy ravishda buni sharhlaydi.

  • Ikki guruh o’quvchilarning nima uchun bahslashayotganligini surishtirib o’tirmay, har ikkalasini jazolaydi, vaholanki tomonlardan biri mutlaqo haq edi.

  • O’g’il va qiz bolani boshqa – boshqa partaga o’tqazadi va buni bular yaxshi o’qishni o’rgansin, bir – biri bilan bunday yaqin o’tirgancha, deb izohlaydi.

  • O’quvchini butun sinf oldida ikki soat davomida burchakda tik turishga majbur qiladi.

  • Darg’azab o’qituvchi o’quvchi qo’lidan ruchkani olib, polga uloqtiradi.

  • O’quvchi tirishqoq emasligini bahona qilib, u bilan ishlashdan bosh tortadi.

  • O’quvchini nazorat ishidan sababsiz (yoningdagiga aytib turding deb) haydab yuboradi. O’quvchini haydar ekan, orqasidan portfelini otib yuboradi.

Amaliyotdan olinadigan har bir voqyeada konfliktda bo’lganlar hamda bunday konflikt guvohlari mavjud. O’ylash mumkinki, bolalar va ular ustozlari orasida yuz beruvchi to’qnashuvlar asabiylashuv natijasi bo’lib, bular bir xil oqibatlar bilan tugamaydi. To’qnashuvchi tomonlar o’ta asabiylashadilar, ayniqsa maktab o’quvchilari ko’proq iztirob chekishadi. Guvohlarga kelganda esa ularning munosabatlari har xil bo’lishi mumkin.

Konfliktogen vaziyatlarning ikkinchi guruhini boshlang’ich sinflarda o’qituvchilar qilmishi tashkil etadi, buni o’quvchilarga nisbatan “diskriminasiya” deb atash mumkin. Ularning shakli ko’p emas. Shuning uchun ham boshlovchi o’qituvchi o’z kasbiy faoliyatida o’ziga – o’zi man qilish kabi himoya to’sig’idan foydalanishi mumkin. Kuzatishlar natijasida o’qituvchilar tomonidan o’quvchilarni “ezish”ga asoslangan muloqot shakli yashovchandir. Buni bilish ayniqsa bolalar ruhiyatini jarohatlardan saqlamoqchi bo’lgan o’qituvchilar uchun juda muhimdir. Quyida amaliyotdan olingan ayrim misollarni keltiramiz:



  • A’lochilarga topshiriq berishadi. Boshqalar esa ularning muvaffaqiyatli faoliyatini kuzatuvchilardir.

  • Bolalarni qobiliyatli va qobiliyatsizlarga bo’lishadi. Bu haqda butun o’quvchilarga ochiq aytishadi. Qobiliyatsizlarga ikkinchi yilga qoldirish bilan tahdid qilishadi.

  • O’quvchilarning bir qismini ismi bilan atashadi, boshqalarni esa familiyasi bilan, bu bilan o’zining mazkur bolalarni yoqtirmasliklarini ta’kidlamoqchi bo’lishadi.

  • A’lochi va intizomli o’quvchilarni haddan tashqari maqtab yuborishadi.

  • A’lochi bilan oddiy o’quvchi janjallashib qolgudek bo’lsa, a’lochini emas, oddiy o’quvchini jazolashadi.

  • Darsdan tashqari paytlarda ko’proq a’lochi va yaxshi o’quvchilar bilan suhbatlashishadi.

  • A’lochi o’quvchi bilan qoloq o’quvchini yonma – yon qo’yib, so’nggilarga tumanli kelajak bashorat qilishadi.

  • A’lochi o’quvchi darsga yaxshi tayyorlanmaganda unga rahm – shafqat ko’rsatishadi, boshqalarni esa xuddi shunday qilmishi uchun jazolashadi.

  • A’lochilarga rasmdan yaxshi o’zlashtirmagan paytda ham a’lo baho qo’yishadi.

  • Ochiq bo’lmasa-da yaxshi o’qiydiganlarga mehribona munosabatda bo’lishadi, qolgan o’quvchilar esa pedagogik mehrdan mahrum bo’lishadi.

  • O’qituvchilarning bolalarini alohida qo’llab – quvvatlashadi.

  • Ko’rish qobiliyati kuchsiz bo’lgan o’quvchini oldingi partaga o’tqazishdi, bu o’quvchini sezilarli darajada tutaqtiradi. Ko’rinadiki, u bu o’quvchi bilan ishlamoqchi emas. O’qituvchining simpatiyasi va antisimpatiyasiga sazovor bo’lgan o’quvchilar bilan munosabatda o’rta yo’l topish juda qiyin. A.S.Makarenko o’quvchilarga nisbatan “barovar ovoz”da bo’lish taktikasiga qarshi chiqqan edi. Shu bilan birga o’quvchilar bilan munosabatda individual yondashishni ham rad etib bo’lmaydi. O’quvchilarning qobiliyati, mehnatsevarlik, xarakter, tashqi qiyofasi, odobi va madaniyatiga qarab har xil munosabatda bo’lish kasbiy pedagogik jihatdan tabiiy hisoblanadi.

Konfliktlarning uchinchi guruhiga kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’zlashtirishini baholash natijasida paydo bo’ladigan nizolarni kiritish mumkin.

Tinglovchi bu haqda maktab amaliyotiga tayyorlanayotgan paytdayoq o’ylab ko’rishi, bu haqda o’z taktikasini ishlab chiqishi lozim.

Darsda o’qituvchi tomonidan baho qo’yilganda qanday sabablar o’quvchilarning asabiylashuvi, noroziligiga sabab bo’ladi?


  • Baholashda ikki izlamachilik sodir bo’lsa: daftarda baho “3”, jurnalda esa “4”.

  • Og’zaki va yozma ishlar adolatsizlarcha baholanadi.

  • Ota – onalar iltimosi, tanish – bilishchilik sababli baholar ko’tarilib qo’yiladi.

  • Yangi kelgan o’quvchilarga o’zining talabchanligini namoyish etish maqsadida ataylab past baho qo’yiladi.

  • Javoblarga talablar ham bir xil emas. Ko’pincha bu o’qituvchining kayfiyatiga bog’liq bo’ladi.

  • Oldin qo’yilgan “5” baho keyingi baho qo’yilishiga ta’sir etadi.

  • Uy vazifasini bajarishdagi tirishqoqlik hisobga olinmaydi.

  • Hali o’rgatilmagan narsani chiza olmaganligi uchun “2” qo’yiladi.

  • Yozuvning iflosligi uchun yaxshi yozilgan nazorat ishining bahosini tushirishadi. O’quvchi hayron: nega to’g’ri bajargan ishiga past baho qo’yishdi?

  • Bir xil xatolarga yo’l qo’yilgan diktantlarga turlicha baho qo’yishadi. O’quvchilar o’qituvchining o’z “erkatoy”lari bor degan xulosaga kelishadi.

Shuni ham alohida qayd etish lozimki, o’quvchilar bilimini baholashda bir qancha tushunmovchiliklar ham mavjud. Ulardan biri – bu ayniqsa, gumanitar fanlardan baholashda qat’iy bir xato mezonlarining yo’qligidir. Bunga qo’shimcha ravishda, o’qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasi, kayfiyati va hokazolarni kiritish mumkin. Nihoyat, baholashdan

Tete a – tete qabilida yuz beruvchi konfliktlar chuqurligi jihatidan kuchli ziddiyat hisobalanadi. Bu o’rinda ham o’qituvchi tomonidan jo’rttaga sodir qilinadigan konfliktlar hamda birinchi qarashda tushunmovchilikka o’xshash ziddiyatlar mavjud. Misollarga murojaat qilaylik.

O’smir qyechqurun elektr tarmog’ini o’chiradi va direktorga qasddan ikki – uch kun dars qoldiradi. O’quvchi kundalik daftaridagi o’qituvchi izohini o’zgartirdi va buning uchun ota – onasi va direktordan tanbeh eshitdi. O’quvchilar bir – birlariga sinf lattasini otishdi va latta maktab zavuchining boshiga kelib tushdi. Chaqimchi qizni sinf rahbariga gap tashigani uchun do’pposlashdi. Xor bo’lib ashula aytishga hamkorlikda qarshi chiqishdi. Qishda o’quvchini sinfdan haydashdi, u daryoga cho’kish uchun jo’nadi, uni tirik qaytarib kelishdi. Bazmda xohishiga qaramay ashula aytishga majbur qilishdi. Ko’ylagining rangi kulrang bo’lganligi uchun ikki qo’yishdi: maktabda hamma o’g’il bolalar oq ko’ylak kiyishi lozim edi. O’qituvchi g’azabga minganda o’tgan sana bilan bolaga salbiy baho qo’yadi.

O’quvchilardan biri o’qituvchining o’rindig’iga knopkani yuqoriga qilib qo’ydi, o’qituvchi va o’quvchilarni qo’rqitish uchun ilonni olib kelishdi, o’qituvchining ko’ylagiga rang sachratishdi, derazani sindirishdi...

O’smirlarning bunday qilmishlariga turlicha munosabat bildirish mumkin. Tavsiflangan qilmishlarni kuchli ziddiyat tug’diruvchi faktorlar sirasiga kiritish qiyin. Biroq shunday bo’lsa ham tinglovchining bunday vaziyatlarda o’zini qanday tutishi maktab o’qituvchisi sifatida oldindan ssenariya tuzish orqali hal etilishi qiyin muammodir.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin