Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati. Konfliktlarni bartaraf etishda tolerentlik


Pedagogik konfliktologiya fanining predmeti



Yüklə 251,58 Kb.
səhifə3/12
tarix08.11.2023
ölçüsü251,58 Kb.
#131236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
abdullayeva dilshoda

Pedagogik konfliktologiya fanining predmeti – konfliktlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tugallanishiga doir umumiy qonuniyatlardir.
Konfliktning o‘zaro ta’sir sub’ekti – alohida odam, yoki odamlar va odamlar guruhi.
Konflikt tabiiy hodisa. Konflikt – oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga hos va hayotimizga tegishli bo‘lgan narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu – oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan “qochish” kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo‘layotgan konfliktlardan o‘zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konflikt oldida, konfliktdan qo‘rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o‘zimizni tortishga, “janjalkash” bo‘lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi. Konflikt – bizning milliy mentalitetimizda “yaxshi” bo‘lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo‘lganidan ko‘ra, konflikt bo‘lmaganini biz afzalroq ko‘ramiz. Biz konfliktni hayotimizdagi eng “yomon” davr sifatida baholaymiz. Konfliktdan uzoqroqda yashash ko‘nikmalari bizning tafakkurimizga chuqur singdiriladi. Konflikt har kunlik hayot tarzimizga hos bo‘lgan voqelik bo‘lishiga qaramay, insonlar ko‘pincha ularni noto‘g‘ri talqin etadi hamda ularni “anglangan” holda qabul qilishga o‘rgatilmaydi. Konfliktli vaziyatga tushib qolgan vaqtimizdagina mana shu konfliktli vaziyatni tahlil qilishga urinamiz. Ammo har doim ham bizning bilim va ko‘nikmalarimiz konfliktli vaziyatdan chiqib ketish uchun yetarli bo‘lmaydi. Chunki bizning hayotiy tajribamiz kam, chunki biz konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilimlarni egallamaganmiz. Tabiiyki, har bir inson konfliktlarni tushunadi, ularning mohiyatini to‘g‘ri anglaydi hamda ularni yenga oladi deyish, xato hisoblanadi. Xorijiy ellarda yuqori va quyi bosqichdagi barcha rahbar xodimlar, biznes menejerlarning barchasi konfliktlar yechimi bo‘yicha ta’lim oladilar.
Konfliktlar va ularning yechimi bo‘yicha ma’lum bilimlar va ko‘nikmalarni egallamasdan turib, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda faoliyat olib borib hamda ularni boshqarib bo‘lmaydi.
Konfliktlarni o‘rganish, ularni ilmiy anglash, konfliktlar bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallagan mutaxassislarni tarbiyalab – voyaga yetkazish davr bilan hamnafas bo‘lishni anglatadi. Konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish, jamiyatdagi inqirozlarning kelib chiqishi va ijtimoiy to‘qnashuvlarning oldini olishda “Pedagogik konfliktologiya” fani o‘z oldiga maqsad va vazifalarni belgilab oldi.
Pedagogik konfliktalogiya fanini o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik konfliktologiya asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirishdir. Shu bilan birga yoshlarga hayotdagi konfliktlar bo‘yicha keng nazariy va amaliy bilimlar berish orqali yoshlarni jamiyatda mustaqil va faol fuqaro sifatidagi ishtiroki uchun zamin yaratish, boshqa insonlar bilan tabiiy bo‘lgan turli ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ruhiy, psixologik muloqotlarda ular ongi, tafakkuri va axloqida kamtarlik, mehribonl ik, halollik, to‘g‘riso‘zlik, samimiylik, vijdoniylik, o‘z so‘zida turish kabi hislatlarni tarbiyalashdan iboratdir.

Yüklə 251,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin