Pedagogik texnika va murabbiylik shartlari reja



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə2/3
tarix24.11.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#134062
1   2   3
6. Pedagogik texnika va murabbiylik shartlari

Ogzaki nutk texnikasi- tovush, bugin, so’zlar, uning shakllarini talaffo’z etishni yaxshilash borasida nutk organlarining faollashtiruvchi mashklarini anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, diktsiyaga e‘tibor berish, tovushlarning past – baland tovlanib turishi, undoshlarni talaffo’z etish, oxang kabilar kiradi.
Nutk texnikasidagi muxim ko’rsatkichlardan biri uning xissiyligidir. Psihologlar ijobiy xissiyotni inson foaliyatidagi kudratli omil deb xisoblaydilar.
Nutk sifati, ovoz har bir o’qituvchida har xil bo’ladi. Birok tegishli mashklar natijasida ovozni o’zgartirish mumkin. Nutkdagi kamchiliklarni yuqotish uchun tinmay mashk kilib borish zarur. Ovozdan foydalanishda nutk texnikasining asosini tashkil kiluvchi nutk apparatlarini yaxshi bilish kerak. (Yozma nutk texnikasi va nutk apparatlari o’zi aloxida yunalish).
O’qituvchining o’quvchilar bilan to’g’ri muomala kila olish madaniyati va texnikasi. Bolalarga yakinlasha olish, o’quvchilarga to’g’ri muomala qilish yulini topish, ular bilan pedagogik nuktai nazardan samarali o’zaro munosabatlar urnata bilish, pedagogik texnikaning mavjudligidandir. O’qituvchi ta‘lim – tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilari, kasbdoshlari, o’quvchilarning ota – onalari bilan muomalada bo’ladi. O’qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala madaniyatiga bog’liqdir.
Pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala madaniyatida muallimning axloqiy madaniyati, qiyinish madaniyati, so’zlash madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. O’qituvchining pedagogik kasb egasi sifatida o’ziga, o’z kasbiga, o’quvchilariga, kasbdoshlariga, o’quvchilarning ota – onalariga, jamoatchilikka muomala madaniyatini belgilovchi talablar mavjud. Pedagogik jarayonda muomala madaniyati va texnikasi muallimning pedagogik faoliyatida ko’rinadi. O’qituvchi o’z burchini bajarayotganida u o’zaro xurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixoxlik, tashabbuskorlik, o’zaro gamxurlik, bir – birlarini inson sifatida kadr – kiymatini e‘zozlash kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Pedagogik madaniyat va texnika o’qituvchining pedagogik faoliyatida bashqalar bilan muomalasining harakterini baholashga xizmat kiladi.
Pedagogik jarayonning o’zida ham ish jarayonining turli soxalarida turlicha muomala madaniyati mavjud. Masalan, jamoat topshiriklarini bajarishda, dam olish paytlarida, muomala, shuningdek o’qituvchining o’z kasbiga, Vataniga, xalqka, bashqa – bashqa topshiriklarga bo’lgan munosabati o’ziga xos xususiyatlarga ega. O’qituvchining muomala madaniyatini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
O’qituvchining o’quvchilar bilan muomala madaniyati. Pedagogik jarayonda o’qituvchi bilan o’quvchining o’rtasidagi muomala madaniyati katta urin egallaydi. Juda ko’p o’qituvchilar o’z kasblariga sodik kolib, o’qituvchilik faoliyatida fidoyilik ko’rsatib, o’z burchlarini yuksak darajada bajaradilar. O’quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish bilan bir katorda ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi goyalarni singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun ham bolalar oldida katta obruga egadirlar.
Ochigini aytish lozimki, hamma o’qituvchilar ham shunday muomala kila olmaydilar. O’zlarining ko’pol, urinsiz aytgan so’zlari, qilgan muomalalari bilan bolalar kunglidan urin ola olmaydilar. Ko’pol muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy talablarga to’g’ri kelmaydi, natijada bolalar orasida, o’quvchilar jamoasida obru orttira olmaydilar.
Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala madaniyatining muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Ijtimoiy foydali mexnat, shanbaliklar o’z xususiyatiga ko’ra darsdan farq kilib, dars singari kat‘iy tartibga tushirilmagani uchun ham o’qituvchi va o’quvchidan o’zaro nazoratni kuchaytirishni, xalollik va vijdonlilikni, holislikni, axloqiy mas‘uliyatni ko’proq talab etadi. Ayniksa eksko’rsiyalar, safarlar, kino va teatrlarga borishlar o’qituvchi bilan o’quvchilarning muomala madaniyatiga ko’proq bog’liqdir. Xuddi shuningdek, o’qituvchining o’quvchining ota – onasi, o’quvchilar jamoasi, o’qituvchilar va maktab raxbarlari bilan kiladigan muomala madaniyati va texnikasini shakllantirib borishni talab kiladi.
Pedagogik jarayonda o’qituvchi bilan o’quvchining o’rtasidagi muomala madaniyati katta urin egallaydi. Juda ko’p o’qituvchilar o’z kasblariga sodik kolib, o’qituvchilik faoliyatida fidoyilik ko’rsatib, o’z burchlarini yuksak darajada bajaradilar. O’quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish bilan bir katorda ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi goyalarni singdira olganliklari, xushmuomala bo’lganliklari uchun ham bolalar oldida katta obruga egadirlar.
Ochigini aytish lozimki, hamma o’qituvchilar ham shunday muomala kila olmaydilar. O’zlarining ko’pol, urinsiz aytgan so’zlari, qilgan muomalalari bilan bolalar kunglidan urin ola olmaydilar. Ko’pol muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy talablarga to’g’ri kelmaydi, natijada bolalar orasida, o’quvchilar jamoasida obru orttira olmaydilar.
Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o’qituvchi o’quvchi o’rtasidagi muomala madaniyatining muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Ijtimoiy foydali mexnat, shanbaliklar o’z xususiyatiga ko’ra darsdan farq kilib, dars singari kat‘iy tartibga tushurilmaganligi uchun ham o’qituvchi va o’quvchidan o’zaro nazoratni kuchaytirishni, xalollik va vijdonlilikni, holislikni, axloqiy mas‘uliyatni ko’proq talab etadi. Ayniksa, eksko’rsiyalar, safarlar, kino va teatrlarga borishlar o’qituvchi bilan o’quvchilarning muomala madaniyatiga ko’proq bog’liqdir. Xuddi shuningdek, o’qituvchining o’quvchining ota – onasi, o’quvchilar jamoasi, o’qituvchilar va maktab raxbarlari bilan kiladigan muomala madaniyati va texnikasini shakllantirib borishni talab kiladi.
O’qituvchilik faoliyati va ixtisosiga layokati to’g’risida gap borganda muallimlarni shartli ravishda uch toifaga ajratish mumkin.
Izlanuvchan, ijodkor o’qituvchilar ;
Tayyorgarlik ko’rishga istagi bo’lsada, o’z ishini nimadan boshlashni bilmay, qiynalayotgan o’qituvchilar ;
Ta‘lim va tarbiya ishiga tasodifan kirib qolgan o’qituvchilar.
Maktab, xalq ta‘limi ishida birinchi toifaga kiruvchi, tula ma‘nodagi ijodkor o’qituvchilar xal kiluvchi kuch xisoblanadilar. Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo'lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
Pedagogik texnikaning muhim jihatlari -bu avvalo, o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi , ya’ni uning savodli va ifodali so'zlay olishi , o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi , his-tuyg'usini jilovlay olishi , o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi , aniq imo-ishora , ma’noli qarash rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum , so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o'tkazishi , hozirjavoblik psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir.
O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat ekanligi , pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi , o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi
Birinchi guruh komponentlari : o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib , ta’lim-tarbiya jarayonida o'z o'zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo'ladi:
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi , (mimika , pantomimika);
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini ji- lovlay olishi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
•mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat , kuzatuvchanlik,xayol ) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish , ovozni boshqarish , nutq tempi) bilishi va o‘z o'rida qo‘Ilay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
•o'qituvchining didaktik , tashkilotchilik , konstruktiv , kommunikativ qobiliyatlari;
•ma’lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
• ta ’lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bi- lan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
•o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
O'qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o'z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda sahnada namoyish etsa , o'qituvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o'tilgan mavzular bilan bog'lab , zamonaviy innovatsion usullar vositasida o'quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi , sinf jamoasidagi o'ziga xos pedagogik va psixologik muhitni , har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko'rsatishga majbur . Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o'qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o'qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o'qituvchiga o'z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olishi , ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o'quv faoliyatida, o'qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo'llash yo'llarini tushuntiradi. Demak , pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig'indisiki , u o'qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko'rsatishi , ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo'l ko‘rsatuvchi bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin