MAVZUNING ISHLANGANLIK DARAJASI. Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqida ta’lim sohasida Q.Shodiyeva, F.R.Qodirova, M.R.Qodirova, Y.Razbayeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, Sh.Yo‘ldosheva, K.Qosimova, S.Matchonov, Sh.Sariyev, O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev va boshqalar qator o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar yaratganlar. Yuqorida keltirilgan olimlarimizdan Q. Shodiyeva, Q.Abdullayeva, K.Nazarov, SH.Yo‘ldoshevalarning maktabgacha ta’limda va umuman, savod o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olib brogan ishlarini alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, aynan, ularning olib borgan tadqiqotlari bolalarni savodga o‘rgatish sohasida katta ahamiyatga egadir.