Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha


Anketa, kibernetika, sosiologik metodlariga tavsif



Yüklə 49 Kb.
səhifə4/4
tarix26.10.2022
ölçüsü49 Kb.
#118627
1   2   3   4
Rajabov Davron

3.4. Anketa, kibernetika, sosiologik metodlariga tavsif
Anketa metodi.Anketa fransuzcha so'z bo'lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o'quvchilardan so'rash metodi bo'lib, u o'quvchilar tarkibining sifati to'g'risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo'llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o'tkaziladi. Bu metodni qo'llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1.Anketalar o'quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
2.Anketalar juda katta va noaniq bo'lmasligi kerak.
3. Anketani o'tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.
Kibernetika metodi.Kibernetika grekcha so'z bo'lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san'ati degan ma'noni anglatadi.Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o'quv jarayonini,o'qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishning alohida shakli sifatida o'ziga xos xususiyatga ega,chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida juda katta farq bor.
Sosilogik metod. Yuqoridagi sanab ko'rsatilgan metodlar qo'llashda tadqiq qilinayotgan o'quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o'quvchilarning ko'pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sosiologik metodini qo'llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o'quvchilari o'zlarining bo'sh vaqtlardini qanday o'tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so'rash ko'plab o'quvchilardan o'tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi.
Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo'llanilmoqda. Masalan; maktablarning birida matematika fani bo'yicha o'quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o'rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80(, VI sinfda-75(, VIII sinfda-55( tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor.Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin.Birinchidan , mazkur matematika fanining o'qua dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o'qitish sifati pastligidan izlash kerak .
Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g'oyalarni tahlil qilish metodidir.(Metod teoreticheskogo analiza pedagogicheskix idey).Bu metod ta'lim-tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan(emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o'zaro aloqadorlikda amalga oshadi.
Bundan shunday xulosa chiqarish to'g'ri bo'ladi. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama rivojlantirishini ta'minlamog'i kerak.
Modellashtirish - bu real mavjud pedagogika tizimiga aynan o'xshash maxsus andoza (model) ni yaratib, unda bu tizimni tashkil qilish va faoliyat ko'rsatish prinsiplarini takrorlagan holda uning moddiy yoki hayoliy tarazda ishlab ko'rish demakdir. Modellashtirish yordamida tizimning ushbu aniq holatda muhim bo'lmagan xususiyatlaridan chetga chiqish mumkin. Tadqiqotchi pedagog bu metoddan foydalanarkan, ayrim xususiyatlar, shakllari va jarayonlarni analitik tarzda o'rganish o'rniga nazort qiladigan sharoitlardagi yaxlit tizimlarni sintetik tarzda bilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Turli fanlardan dars beradigan o'qituvchilar o'quvchilar bilan ishlashda o'z maqsadlariga erishishda o'ziga xos ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanishdi.Masalan, matematika o'qituvchisi kibernetika metodidan, fizika o'qituvchisi o'quvchilar ijodini o'rganish metodidan, ximiya o'qituvchisi anketa metodidan boshlang'ich sinf o'qituvchisi suhbat metodidan foydalanib o'z maqsadiga erishdi.
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin