19
Maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan
Davlat talablari
О‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat talablari О‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qо‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari
deb yuritiladi) О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi
Qonuni, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi
qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi
929-son «О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi
tо‘g‘risidagi Nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari
rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan
buyon matnda bolalar
deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish,
maktab ta’limiga tayyorlash bо‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari О‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik
shakli va idoraviy tasarrufidan qat’i nazar, quyidagi ta’lim
muassasalariga qо‘llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim
muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bо‘lgan «Mehribonlik»
uylari [10].
Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi о‘rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha
ta’lim turlari bо‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va
qayta tayyorlashni amalga oshiradigan muassasalar, maktabgacha
yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur Davlat talab-
lariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi
(1.2-jadvalga qarang):