212
2-ilova
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida
nIZoM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi)
maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek,
ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti – umumiy tipdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – davlat tomonidan moliyalashtiriladigan
va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatadigan tashkilot;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
bolaning qonuniy vakillari – bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslar.
3. Ushbu nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq
etilmaydi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini o‘zbekiston Respublikasi
konstitusiyasiga, o‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga
va o‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, o‘zbekiston Respublikasi
oliy Majlisi palatalari qarorlariga, o‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga,
ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar
bo‘lishi mumkin.
6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya
asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zbekiston
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan
muhrga va shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy
g‘azna hisobvaraqlariga ega.
8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil
balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi,
o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: