215
29. Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har kungi soni, davom
etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida
belgilab beriladi. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga
qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) bo‘ladigan guruh;
qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);
to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruh.
30. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bo‘lish
vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
31. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tkazilganda tuziladigan
shartnoma bilan tartibga solinadi. shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga
boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
32. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan
keyingi yilning 31 mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy
yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
33. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash
«Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida
va boshqa tillarda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: