Педагогика indd


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan 
chiqarish 
34. Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga 
qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar 
asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 
vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
35. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 
bolalar qabul qilinadi. 
36. Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
37. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi.
38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha 
ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha 
ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
8-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish 
40. Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.
41. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli 
yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
42. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan 
boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda 
to‘ldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda – kamida 
20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola;


216
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan 30 nafar bola; 
turli yoshdagi guruhlarda – kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha 
ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar 
boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 
bo‘lmasa, o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan 
holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
44. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini 
tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis 
tomonidan belgilanadi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin