Педагогика indd


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish 
45. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
46. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun 
javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
10-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini 
asrash 
47. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga moddiy yordam 
maktabgacha ta’lim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sog‘liqni 
saqlash muassasalarining maktabgacha ta’lim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot 
xodimlari tomonidan ta’minlanadi, ular bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy 
kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya-gigiyena 
normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
48. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat 
qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
49. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat 
qilish uning rahbariga yuklanadi.
50. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog‘liqni 
saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
51. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tibbiy yordam qonun hujjatlariga 
muvofiq beriladi.
52. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini 
oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 
yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
11-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish 
53. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati o‘zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti mablag‘lari, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash 
uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya 
ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga 
moliyalashtiriladi.
54. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
55. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha byudjet mablag‘larini 
jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin