Педагогика indd


-bob. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

4-bob. Qisqa muddatli guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 
23. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni o‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha 
ta’limning davlat ta’lim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar 
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha 
ta’lim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
24. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuv-
chan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning o‘ziga xos, shaxsga yo‘naltirilgan kamol 
topishini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni 
o‘z ichiga oladi. 
25. Qisqa muddatli guruhlardagi ta’lim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va 
birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini – ham katta yoshdagilarning bolalar 
bilan, ham bolalarning o‘zlari ishtirokidagi shakllarini o‘z ichiga oladi.
26. negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tash-
kilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruh-
larda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
27. Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim 
yuklamasi bir haftalik ta’lim yuklamasining eng ko‘p ruxsat etilgan hajmidan va 
mashg‘ulotlarning eng ko‘p ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
28. Uzluksiz ta’lim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab 
chiqiladi. 
5-bob. Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish
29. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning fao-
liyati o‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, bolalarni maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va 
yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
30. Ta’lim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog 
xodimlari mehnatiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
4-ilova
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qaroriga 3-ILOVA
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma 
tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida nIZoM

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin