Педагогика indd



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim 


222
tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar 
deb ataladi) va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi 
o‘rinlarda qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va 
vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning 
faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotlar o‘z faoliyatini o‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasiga, o‘zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga va o‘zbekiston Respublikasining 
boshqa qonunlariga, o‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisi palatalari qarorlariga, 
o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, 
ushbu nizomga hamda o‘z ustaviga amalga qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki 
psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, 
shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik 
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan 
bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda o‘qishini va tarbiyalanishini 
tashkil etishga qaratilgan.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi 
mumkin.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, o‘zbekiston Respublikasi 
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda 
shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna 
hisobvaraqlariga ega.
7. nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, 
mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z ixtiyoridagi mol-mulk bilan 
javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo‘lishi mumkin.
8. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin