Педагогика indd


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
40. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari 


228
bo‘lgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, 
shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sog‘liqni saqlash organlari tibbiyot 
xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
41. nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi 
nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi 
tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma 
asosida o‘tkaziladi. 
42. Tibbiyot xodimlari o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining 
rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy 
moslashuvga qaratilgan davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadi.
43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini 
o‘tkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashg‘ulotlar jadvalini hisobga olib yakka 
tartibda o‘tqaziladi.
44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda bolaning bo‘lish muddati tugaganidan so‘ng uning qonuniy vakillari 
yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari bo‘lgan har bir bolaning tibbiy kartasidan ko‘chirma beriladi.
45. Tibbiy jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar tibbiy jismoniy tarbiya 
instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda barcha sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari to‘g‘ri tashkil etilishi 
hamda o‘tkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sog‘liqni 
saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sog‘liqni saqlash muassasalarida 
bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. 
48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi 
nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sog‘liqni saqlash organlarining 
muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin