231
nodavlat maktabgacha tashkilotlarda bolalarning bo‘lgan davri uchun olinadigan
xizmatlar haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar
va tariflar bo‘yicha to‘lanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno.
61. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalardan kelgan tarbiyalanuvchilar
uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlar asosida qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorlarda olinadi.
62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma
tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan
tarbiyalanuvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari ro‘yxati
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan
maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan umumiy tipdagi
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida
nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagogik va
tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga
hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining jismoniy yoki psixik
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi
pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim
maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov
to‘lanadi.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati o‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy
boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: