5-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni kunlik ovqatlantirish narxlarini belgilash 28. Tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri
uchun badal to‘lovlari belgilangan tartibda tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni
tashkil etishga yo‘naltiriladi. Bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlarini to‘liq bajarish uchun ota-onalar to‘lovlari bilan qoplanmagan qismi
o‘zbekiston Respublikasi byudjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
29. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki muassasaning
byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan taqdirda, tarbiyalanuvchilar
uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va
gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan normalardan oshmasligi lozim.
6-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish 30. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining ushbu muassasada ovqatlanishi
maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga
muvofiq to‘lov asosida tashkil etiladi.
Faoliyati bolalar tarbiyasi bilan uzluksiz ravishda bog‘liq bo‘lgan xodimlar
(mudira, hamshira, tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi) shartnoma asosida
ovqatlanadi.
31. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari alohida taomnoma bo‘yicha
ovqatlanadilar.
32. Taomnomada ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan oziq-ovqat
mahsulotlarining miqdori va qiymati ko‘rsatiladi.
Joriy oyda xodimlarning maktabgacha ta’lim muassasasi hisobiga ovqatlanishi
uchun bir oylik to‘lov miqdori oldingi oyda tuzilgan taomnoma bo‘yicha xodimlarga
sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarini ovqatlangan xodimlar o‘rtacha soniga bo‘lish
orqali aniqlanadi.
33. Xodimlarning maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanganligi uchun
to‘lovlar joriy oyning 10-kunidan kechiktirmay banklarga to‘lanadi hamda to‘lov
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maktabgacha ta’lim
muassasasiga taqdim etiladi.
Xodimlarning maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanganligi uchun to‘langan
mablag‘lar tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari hisob-varaqlarida ulardan
keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
34. Xodimlarning maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanganligi uchun
to‘lovlar miqdorini hisoblashda xodimning faqat ishda bo‘lgan kunlari e’tiborga
olinadi.
Xodimning ishda bo‘lmagan kunlari uchun undirilgan to‘lovlar keyingi oy uchun
to‘lov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.
35. Xodimlarning maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanganligi uchun
amalga oshirgan to‘lovlari to‘liq oziq-ovqat xarajatlariga yo‘naltiriladi.