Педагогика indd


-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

7-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom 
ovqatlantirishni tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlarning vazifalari 
36. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining mudiri: 
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini sog‘lom 
ovqatlantirishni tashkil etishga hamda ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
uzluksiz ta’minlash ishlariga umumiy rahbarlik qiladi;
tarbiyalanuvchining muassasada bo‘lgan davri uchun muassasa hisob-raqamiga 


239
tushgan badal to‘lovlari va davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga oziq-
ovqat mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarda oziq-ovqat mahsulotlari muvofiqlik 
va gigiyenik sertifikatlar asosida tasarrufidagi muassasaga sifatli yetkazib berilishini 
ta’minlaydi; 
bir nafar tarbiyalanuvchiga kunlik ovqatlanish narxlarini belgilashni, taomnoma 
blankalarini raqamlash, muhrlash, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar 
bilan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish sanitariya qoidalari, normalari va 
gigiyena normativlarini to‘liq ta’minlagan holda amalga oshirilishiga shaxsan 
mas’uldir.
oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
37. Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri:
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom va to‘laqonli ovqatlantirishni tashkil etishga 
javobgar hisoblanadi;
maktabgacha ta’lim muassasasiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari 
sifat tavsifiga mos ravishda qabul qilinishini ta’minlaydi;
tarbiyalanuvchilarning muassasada bo‘lgan davri uchun badal to‘lovlari o‘z 
vaqtida va to‘liq to‘lab borilishini ta’minlaydi; 
ota-onalar yig‘ilishlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish uchun 
tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi 
to‘g‘risida har chorakda bir marta hisobot berib boradi; 
tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish darajasini baholash 
maqsadida har yarim yilda kamida bir marta ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar 
o‘tkazadi va uning natijalarini muhokama qilib boradi;
maktabgacha ta’lim muassasasidagi brakeraj komissiyasining tarkibini 
tasdiqlaydi, zarur hollarda tarkibga o‘zgartirishlar kiritadi, brakeraj komissiyasining 
ishini muvofiqlashtiradi.
38. Maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi:
taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, 
normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat 
qiladi; 
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishini 
hamda iste’molga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning 
taomlarni tayyorlashda to‘g‘ri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat 
mahsulotlarining belgilangan meyorlar asosida sarflanishini ta’minlaydi; 
tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan 
tasdiqlangan kun tartibiga asosan tashkil etadi;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlari bo‘yicha ta’minlanishi yuzasidan har o‘n kunlik hisobotini yuritadi; 
yig‘ma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat 
mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib 
boradi; 
tayyor taomlardan sinama olish, ularning organoleptik (hid bilish, ta’m bilish, 
ko‘rish) usul asosida baholanishini va jurnalga qayd etishni hamda taomlardan 
olingan sinamalar talab etilgan darajada saqlanishini ta’minlaydi;


240
ombor mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi;
har uch yilda bir marta belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim muassasalarida 
sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi. 
39. Maktabgacha ta’lim muassasasi oshpazi eng kamida 3-razryadli oshpaz 
darajasiga oid maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur va quyidagi vazifalarni 
bajaradi:
taomlarni maktabgacha ta’lim muassasasidagi taomnoma asosida tayyorlash 
texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va 
tarqatadi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida 
to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi; 
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga 
oshiradi;
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi 
hamda organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi;
issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan 
foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom 
ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi. 
40. Maktabgacha ta’lim muassasasining oziq-ovqat mahsulotlari ombor mudiri 
(omborchi) eng kamida o‘rta maxsus (buxgalter, tovarshunoslik yoki oziq-ovqat 
texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga ega bo‘lishi zarur va quyidagi 
vazifalarni bajaradi:
oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishni tashkil etadi, omborxonaga joylashtiradi 
va ularni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal 
qiladi;
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
oziq-ovqat mahsulotlarining omborxonadagi qoldiq miqdoridan kelib chiqib, 
yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etadi;
kunlik taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini 
oshxonaga beradi;
yetkazib beruvchilar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining 
yukxatiga mosligini tekshiradi, ularning vaznini o‘lchaydi va sifatini ko‘zdan 
kechiradi; 
omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining hisobini yuritadi, mahsulotlarni sifat 
tavsifiga, foydalanish muddatlariga amal qilgan holda saqlaydi;
omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarini 
yuritadi;
har uch yilda bir marta maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni 
tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi. 
41. Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga 
mas’ul xodimlarning malakasini oshirish o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladi hamda o‘zbekiston Respublikasi 
sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va 
dasturi asosida amalga oshiriladi.


241

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin