Педагогика indd


-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

4-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish 
10. Muassasada autsorsing usulida ovqatlantirish «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tarkibi tasdiqlanadigan Tanlov 
komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan o‘tkaziladigan 
tanlov asosida tashkil etiladi. 
11. Komissiya tarkibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarzda tuziladi.
Vazirliklar va idoralardan komissiya tarkibiga kiritiladigan mutaxassislar va ular 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.o., lavozimi, telefon raqami, elektron manzillari) har 
yili Maktabgacha ta’lim vazirligining murojaatiga asosan 5 kun muddatda ajratilishi 
ta’minlanadi.


243
12. Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha takliflar tuman 
(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy maktabgacha 
ta’lim bo‘limi deb ataladi) tomonidan har chorakda bir marotaba (keyingi 
chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar) tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim 
boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga (keyingi 
o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) taqdim etiladi. 
13. Hududiy boshqarmalar tushgan takliflarni umumlashtirib (keyingi chorak 
birinchi oyining 25-kuniga qadar) komissiyaga taqdim etadi.
14. Muassasalarda tarbiyalanuvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni 
tashkil etish bo‘yicha tanlov o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tomonidan (keyingi chorak ikkinchi oyining 25-kuniga qadar) oshkoralik
mablag‘larning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida o‘tkaziladi. 
Tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lonlar o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining maxsus 
bo‘limiga joylashtiriladi. 
15. Autsorserlar uchun qo‘yiladigan umumiy talablar o‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va vazirlikning internet jahon 
axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining maxsus bo‘limiga joylashtiriladi. 
Autsorserlarga muassasaning hududiy joylashuvi, ixtisoslashuvi va boshqa 
xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha texnik talablar qo‘yilishi mumkin. 
16. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (keyingi chorakning uchinchi 
oyining 5-kuniga qadar) tanlovda g‘olib chiqqan autsorser bilan muassasalarda 
autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini ko‘rsatish 
bo‘yicha tegishli shartnomalarni o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va vazirlikning internet jahon axborot 
tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining maxsus bo‘limiga joylashtirilgan namunaviy 
shakl asosida tuzadi.
17. Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish 
tartibi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Komissiya autsorser faoliyati yuzasidan alohida monitoring olib boradi. 
Shuningdek, ularning faoliyati natijalariga ko‘ra, Autsorserni «insofli ijrochi» yoki 
«insofsiz ijrochi» ro‘yxatiga kiritish huquqiga ega. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin