Педагогика indd


-bob. Autsorser faoliyatini tashkil etish



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

6-bob. Autsorser faoliyatini tashkil etish
21. komissiya qarori asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan 
autsorser o‘rtasidagi shartnoma bir yildan uch yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladi.
Bunda bir yillik muddat barcha autsorserlarga, uch yillik muddat esa muassasa 
oshxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy jihozlar 
bilan to‘ldirish maqsadida investitsiya kiritish sharti bilan majburiyat olgan 
autsorserlarga nisbatan qo‘llaniladi.
22. Autsorser tomonidan muassasalarda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish 
bo‘yicha uzoq muddatga rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdim qilinganda
komissiyaning qaroriga asosan tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan 
autsorser o‘rtasida besh yilgacha muddatga shartnomalar tuzilishi mumkin.
23. Autsorserlarga muassasalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, 
idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha 
belgilanadi hamda ovqatlantirishni tashkil etish uchun iste’mol qilinadigan 
kommunal xizmatlar qiymati maktabgacha ta’lim muassasasiga ajratilgan 
o‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari doirasida qoplanadi.
24. Autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etiladigan muassasalarda bolalarni 
ovqatlantirishni moliyalashtirish ota-onalar to‘lov pullari, o‘zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan 
boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda autsorsing usulida ovqatlantirish 
tashkil etilgan muassasadagi mavjud oshpaz, oshxona ishchilari, omborchi shtat 
birliklari belgilangan tartibda qisqartiriladi. 
25. Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining 


245
taomnomaga muvofiqligi muassasa mudiri, hamshira, ota-onalar vakillaridan iborat 
Brakeraj komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi va nazorat yakunlari muassasaning 
tayyor taomlar sifatini nazorat qilish bo‘yicha yuritilgan ushbu nizomga 3-ilovaga 
muvofiq shakldagi brakeraj daftarida har kuni qayd qilib boriladi. 
Brakeraj komissiyasi autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, 
vazni, tarkibining taomnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, tuman (shahar) 
maktabgacha ta’lim bo‘limiga bildirgi kiritadi. 
26. Bildirgi asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari Davlat 
maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish 
bo‘yicha Tanlov komissiyasi bilan kelishgan holda, ishchi guruh tashkil qiladi va 
autsorser faoliyatini o‘rganib chiqadi hamda o‘rganish natijalarini komissiyaga 
taqdim etadi.
27. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va meyorlari bajarilishi holatining 
monitoringini olib borish hamda kunlik sinamalar olish muassasa tibbiyot xodimi 
zimmasiga yuklanadi.
28. Tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish guruhlarda tashkil etilganda, tayyor 
taomlar taomnomada belgilangan miqdorlarda va sanitariya-gigiyena talablariga 
mos ravishda bo‘lishini ta’minlashga muassasa rahbari mas’ul hisoblanadi.
29. Autsorser tomonidan sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya 
qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi, oshxona xodimlarining 
sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishini nazorat qilish tuman (shahar) davlat 
sanitariya-gigiyena nazorati markazi tomonidan amalga oshiriladi.
30. Taomnoma rejasi bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib 
ravishda, har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik o‘rtacha sarflanadigan oziq-ovqat 
mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda autsorser tomonidan bir 
kun oldin soat 16:00 gacha tuziladi.
31. Muassasa rahbari tomonidan joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib 
chiqib, ertalab soat 9:00 ga qadar tasdiqlangan buyurtmada ko‘rsatilgan bolalar 
soniga ko‘ra asosiy taomnoma autsorser tomonidan ushbu nizomga 4-ilovaga 
muvofiq shaklda uch nusxada tuziladi.
Autsorser har kuni asosiy taomnomaning bir nusxasini muassasa rahbariga 
taqdim etadi va bir nusxasini tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga har o‘n 
kunda hisobot bilan topshiradi.
32. Taomnomada tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va 
ularning miqdorlari ko‘rsatiladi.
33. Muassasada tarbiyalanuvchilarning xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash 
maqsadida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi sifati tez buziluvchi oziq-
ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari autsorser tomonidan yuritiladi.
34. oshxona va oshxona jihozlarini ta’mirlash, xodimlar ish haqi, oshxona 
jihozlari, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va 
yuvish vositalari bilan ta’minlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
35. Autsorser har o‘n kunda tasdiqlangan taomnomalar nusxalari va 
ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-faktura hujjatlarini, muassasa rahbari 
tomonidan tasdiqlangan buyurtmani tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi 
markazlashtirilgan buxgalteriyasiga taqdim etadi. 
Bunda autsorser barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport 
xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish va 
boshqalarni) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda, 
amaldagi o‘rtacha bozor narxlari bo‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent 


246
uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqadi.
Amaldagi o‘rtacha bozor narxlari har oyda tuman va shahar hokimliklari 
tomonidan aniqlanib, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan holda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklariga taqdim qilinadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan taqdim qilingan 
narxlarni tahlil qilib, hokimlikning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-
saytida joylashtiradi hamda tegishli hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasiga 
tasdiqlangan holda taqdim etadi.
36. hisobotlar asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari autsorserga 
ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha tegishli mablag‘larni joriy oyning 25-kuniga qadar 
o‘tkazib berishni ta’minlaydi. Bunda joriy oyning qolgan kunlari uchun mablag‘lar 
keyingi oy kunlari uchun to‘lanadigan mablag‘larga qo‘shib o‘tkazib beriladi.
37. Muassasa xodimlarining ushbu muassasada ovqatlanishini tashkil etish 
autsorser bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq to‘lov asosida 
amalga oshiriladi. Faoliyati bolalar tarbiyasi bilan uzluksiz ravishda bog‘liq bo‘lgan 
xodimlar (mudira, hamshira, tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi) shartnoma asosida 
ovqatlanadi.
38. Muassasa xodimlarini ovqatlantirish alohida taomnoma asosida tashkil 
qilinadi.
39. Ovqatlantirish narxlari ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan 
taomlar miqdori va qiymati orqali aniqlanadi va har bir xodimga to‘lov puli 
belgilanadi.
40. Xodimlarning muassasada ovqatlanganligi uchun to‘lovlar xodimlar 
tomonidan joriy oyning 25-kunidan kechiktirmay autsorserga to‘lab beriladi.
41. Xodimlarning muassasada ovqatlanganligi uchun to‘lovlar miqdorini 
hisoblashda xodimning faqat ishda bo‘lgan kunlari e’tiborga olinadi.
Xodimning ishda bo‘lmagan kunlari uchun undirilgan to‘lovlar keyingi oy uchun 
to‘lov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin