7-bob. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari 42. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
autsorsing usulida ovqatlantirishni amalga oshirish uchun qo‘yilgan talablar
bajarilishini o‘rganish;
tayyor taomlar sifatining taomnomaga muvofiqligini tekshirish;
tayyor taomlarning miqdori, mazasi, tarkibidagi mahsulotlarning sifati bo‘yicha
kamchiliklar aniqlangan holatda Komissiyaga bildirgi kiritish;
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar,
ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena talablari va
epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya etilishini tasdiqlangan rejaga asosan
nazorat qilish.
Boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
43. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
foydalaniladigan kommunal xizmatlar xarajatlarini belgilangan normalar asosida
maktabgacha ta’lim muassasasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplash;
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan
247
oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va
mebellardan foydalanish uchun nol stavkada topshirish;
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda
to‘lovni amalga oshirish.
Boshqa majburiyatlarni ham ega olishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoida 44. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga
muvofiq javob beradilar.
7-ilova 1.
Titul varag‘i
Maktabgacha ta’lim muassasasi nomi
Pedagogik kengash tomonidan qabul qilindi: Bayon №___ sana_____________
__ Tasdiqlandi: MTM mudiri: (FIO) Sana ___________________ №
maktabgacha ta’lim muassasasi DAsTURI Tuzuvchi: Familiya, ism, otasining
ismi __________________ Malaka toifasi _____________________________ _
Pedagogik staji __________ Lavozimi ________________ 20___yil
.
Ilmiy-uslubiy nashr I.TUXTAsInoV, n.IsAkULoVA, B.kULMAToV