24
bolaning rivojlanish kartasining yuritilishidir. U о‘zida bolaning 3
yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda
uch marta tо‘ldiriladi va bola bog‘chada tarbiyalanganidan sо‘ng,
ya’ni 6-7 yoshida uning maktabga tayyorligi kartasi bilan ta’lim
dargohiga yuboriladi.
Dastur О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori
bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. MTM
davlat о‘quv dasturi variativ о‘quv dasturlarini yaratishda majburiy
tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ о‘quv dasturlaridan
foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim muassasasi davlat
о‘quv dasturi asosida о‘zining MTM ishchi о‘quv dasturini ishlab
chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi о‘quv dasturi
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda
tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi [12]. Dastur
quyidagilardan iborat (1.3-jadvalga qarang):
Dostları ilə paylaş: