Педагогика indd


Xorijiy mamlakatlarda ta’lim sohasida boshqaruvni amalga oshirishda



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Xorijiy mamlakatlarda ta’lim sohasida boshqaruvni amalga oshirishda 
jamoat tuzilmalari
Bunday amaliyot anglo-sakson huquq 
oilasida kengroq uchraydi. 
AQshda universitetlar mustaqillik va 
akademik erkinlikka ega bо‘lib, о‘quv 
va ilmiy-tadqiqot faoliyatida kо‘proq 
davlat emas, balki jamoatchilik tuzil-
malariga tayanadi
Buyuk Britaniyada ta’lim bо‘yicha 
jamoatchilik tuzilmalari: 
oliy maktabni moliyalashtirish 
bо‘yicha Kengash; 
Sifatni ta’minlash agentligi (о‘qitish 
sifatini baholash va monitoring 
qilish);
Oliy maktab statistikasi bо‘yicha 
agentlik (statistik ma’lumotlarni 
tо‘plash);
oliy maktab tahliliy instituti 
(alohida tahliliy tadqiqotlar 
bо‘yicha mustaqil organ).
Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimi
Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirishning 
shaffofligi va samaradorligini ta’minlash. Sо‘nggi yillarda 
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimida institusional islohotlar 
amalga oshirildi:
Vazirlik va uning joylardagi hududiy bо‘linmalari tashkil etildi;
zamonaviy boshqaruv shakllarini joriy etish maqsadida davlat 
maktabgacha ta’lim muassasalarida kuzatuv kengashlari tashkil 
etildi;
maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi, 
uning asosiy vazifalari maktabgacha ta’lim muassasalarining 
moddiy-texnik holatini yaxshilash, maktabgacha ta’lim tizimi 
xodimlarini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash tadbirlarini hamda Vazirlik 
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni 
moliyalashtirishdan iborat;
Toshkent shahrining uchta tumanida hamda sirdaryo vilo-
yatining sirdaryo tumanida sinov rejimida jon boshiga normativ 
moliyalashtirish joriy etilmoqda;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘bat-
lantirish maqsadida ularga qо‘shimcha pullik
xizmatlar kо‘rsatish 
huquqi berilgan.
shu bilan birga, maktabgacha ta’limni boshqarish va 
moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish qо‘shimcha 
chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi, ular qatorida:


38
1) maktabgacha ta’lim tizimida davlat talablarining monitoringi 
va ularga rioya etilishining samarali mexanizmlarini yaratish;
2) Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bо‘linmalari 
faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, jismoniy va 
yuridik shaxslarga axborot berishning zamonaviy shakllarini joriy 
etish, jamiyat va biznes bilan о‘zaro hamkorlikda ortiqcha ma’muriy 
ovoragarchiliklarga barham berish;
3) Vazirlikning boshqaruv jarayoniga ishni rejalashtirish 
va tashkil qilishning zamonaviy innovatsion usullarini, sifat 
menejmenti tizimlarini, aniq natijalarga erishishga qaratilgan 
maqsadli indikatorlarni, xodimlarni tanlab olish, motivatsiya qilish, 
rivojlantirish va baholash usullarini joriy etish;
4) jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini 
yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni, jumladan, 
axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yо‘lga qо‘yishning 
yangi samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish;
5) maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, shakllari 
va ixtisoslashtirilganligini hisobga olgan holda, butun 
respublika bо‘yicha maktabgacha ta’limni jon boshiga normativ 
moliyalashtirishni izchil joriy etish;
6) maktabgacha ta’lim sohasida byudjetdan moliyalashtirishni 
boshqarishdagi yangi yondashuv sifatida, maktabgacha ta’lim 
muassasalari xizmatlariga davlat buyurtmasini joriy etish;
7) davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlashdan 
maqsadlarini hamda tovarlar va xizmatlarni tabiiy kо‘rinishda 
iste’mol qilishning oqilona meyorlarini hisobga olgan holda 
ularni moliyalashtirishning yangi normativlarini ishlab chiqish 
hisobiga maktabgacha ta’lim xizmatlaridan keng aholi qatlamlari 
foydalanishini ta’minlash;
8) moliyaviy nazorat, maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan 
byudjet qonunchiligi buzilishining oldini olish va profilaktikasini 
amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
9) maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va 
grantlarni jalb qilish, ular ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qо‘llab-
quvvatlash [6].
О‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
tо‘g‘risida»gi qonunning Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi 
davlat siyosatining rо‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi 
organlar quyidagilardan iborat:


39
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon 
matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
о‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bо‘lgan boshqa 
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari (2.2-jadvalga qarang) [3]:

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin