106
6-BOB.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDAGI
TA’LIM FAOLIYATINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
Reja:
6.1. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim faoliyatining
maqsadlari va tashkil qilish tamoyillari.
6.2. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish va sog‘lom
ovqatlanishni tashkil etish.
Tayanch so‘z va iboralar:
qo‘shimcha ta’lim xizmatlari,
sog‘lom ovqatlanish, autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim faoliyatining
maqsadlari va tashkil qilish tamoyillari
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy
asosiy kompetensiyalar va rivojlanish
sohalari kompetensiyalarini
shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari. MTM ta’lim
jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish
xususiyatlari va
salohiyatlarini hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro
bog‘liqligi;
bola salomatligini asrash
va mustahkamlash, uning ehtiyojlari,
shu jumladan, uning harakatlanish
ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi
uchun qulay muhit
yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar
madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish.
head start Birlashgan shtatlardagi eng katta federal erta bolalik
dasturi. 1965-yildan 2009-yilgacha Head Start 27 milliondan ortiq
bolalarga xizmat qilgan, 2009-yilda 900000 dan ortiq turli xalqlarga
107
mansub bolalarni qabul qildi. Dastur asl shaklidan iqtisodiy nochor
yosh bolalar va ularning oilalari uchun xizmatlar to‘plamidek ancha
rivojlandi [14; 61-b.].
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga
oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: