Har bir kichik rivojlanish sohasi bo‘yicha kutilayotgan ko‘rsatkichlari №
Bolalarni rivojlantirish- ning asosiy sohasi Kichik rivojlanish sohalari 1
Jismoniy rivojlanish
va sog‘lom turmush
tarzining shakllanishi
•
yirik motorika
• mayda motorika
• sensomotorika
• sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
2
Ijtimoiy-hissiy
rivojlanish
• «Men» konsepsiyasi
• hissiyotlar va ularni boshqarish
• ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar
bilan muloqot
3
nutq, muloqot, o‘qish va
yozish malakalari
•
nutq va til
• o‘qish malakalari
• qo‘l barmoqlari mayda motorikasi
4
Bilish jarayonining
rivojlanishi
•
intellektual-anglash malakalari
• elementar matematik malakalar
• tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv
faoliyat
5
Ijodiy rivojlanish
•
dunyoni badiiy tasavvur etish
• badiiy-ijodiy qobiliyatlar
kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy
tamoyillar belgilandi:
har bir bolaning noyobligi;
«Men» konsepsiyasi – bolaning o‘zi to‘g‘risidagi aniq tasavvurlar
tizimining qo‘llanilishi;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola tarbiyasi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
har bir bolaga individual variativlik asosida yondashish.
hujjatning amal qilishi barcha davlat va xususiy maktabgacha
ta’lim muassasalari, shuningdek maktabgacha yoshdagi guruhlari
mavjud bo‘lgan «Mehribonlik» uylariga tatbiq etiladi. hujjat bilan
belgilangan talablarga maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar
tayyorlovchi oliy ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar muassasalari,
ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari,
shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar
ham rioya qilishlari shart [22].