Педагогика indd


Sujetli-obrazli o‘yinchoqlar



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Sujetli-obrazli o‘yinchoqlar
sujetli-rolli o‘yin uchun foydalani-
ladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g‘amxo‘rlik, 
yordam berishga ehtiyoj, shuningdek, kattalar mehnatiga hurmat va 
tengdoshlari bilan o‘ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o‘yinchoqlari
bolalarda texnikaga va texnika 
asboblariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otib, ularni o‘z o‘yinlarida qo‘l-
lay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi 
bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa 
vositalari) tashqi ko‘rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini 
tanishtiruvchi texnik o‘yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o‘yinchoqlari
sodda, boshqarish va foydalanish 
jihatidan qulay va osondir. Bu o‘yinchoqlar o‘ynashda buyumning 
asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim 
(avtomobilda g‘ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). Qurilish 
materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlaming asosiy tipi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, silindrlar, plastinkalar, 
geometrik shakllar to‘plami.
b) turli blok-devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa 
arxitektura va qurilish materiallari. o‘ynashga mo‘ljallangan may-
da (stol o‘yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) qurilish 
materiallarining rangi har xil bo‘lishi mumkin [13; 73-b.].
Didaktik o‘yinchoqlarnining asosini xalq o‘yinchoqlari tashkil 
qiladi. Ularni o‘ynashda bola o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Xilma-xil 
mozaikalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o‘yin 
vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat. 


184
arakatli o‘yinlarga mo‘ljallangan o‘yinchoqlar: suv, qum bilan 
o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, koptoklar, arg‘amchilar, chambaraklar, 
kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy 
jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o ‘yinchoqlar bolalaming musiqa-
viy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o‘stirishga yordam 
beradi. katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.
o‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqara-
digan bo‘ladi. Ular bolalami o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlari 
bilan quvontiradilar, sujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
Qo‘lbola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda 
tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalami sahnalashtiradilar.
o‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra hunarmandchilik, qo‘lbola 
usulda, fabrikada tayyorlanadi. Taniqli pedagog A.s.Makarenko 
o‘yinchoqlarning uch turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yin-
choqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi 
turi bolalami buyumlar va narsalaming rang-barangligi bilan tanish-
tiradi, tasavvurini o‘stiradi. Ikkinchi turi boladan aktiv faoliyatni 
talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi 
turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi [13; 74-b.].

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin