Педагогика indd


«My family» va «Compliment» o‘yinlari



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

«My family» va «Compliment» o‘yinlari
«My family» o‘yini.
 
Maqsad: kommunikativ va tinglab tushunish 
kо‘nikmalarini rivojlantirish. 
Kerakli jihozlar: barmoqqa kiydiriladigan qо‘g‘irchoqlar. 
О‘yin qoidasi: Bolalarning har bir barmog‘iga qо‘g‘irchoqlar 
kiydiriladi («Tashqi kо‘rinish» mavzusi о‘tilganda bolalar о‘zlari 
barmoqqa kiyiladigan qо‘g‘irchoqlarni yasashlari mumkin). Bolalar 
barmoqlarini kо‘rsatgan holda chet tilida she’rni о‘qiydilar:
This is my mother. 
This is my father. 
This is my brother Paul. 
This is my aunt. 
This is my uncle. 
how I love them all [23]. 
«Compliment» о‘yini. Maqsad: kommunikativ va tinglab 
tushunish kо‘nikmalarini rivojlantirish. 
О‘yin qoidasi: Bolalar bir-birlarini qо‘llaridan ushlab doira hosil 
qiladilar. Yonlaridagi qо‘shnilariga qarab bir nechta yaxshi sо‘zlarni 
aytadilar, biron narsa uchun minnatdorchilik bildiradilar: You are 
my friend., You are very good., Your eyes are kind va boshqalar. 
Maqtov (kompliment) aytilayotgan bola esa quyidagicha javob 
qaytaradi: Thank you! 
Agar bola kompliment qilishga qiynalsa о‘qituvchi unga yordam 
beradi va о‘zi bolaning о‘rniga kompliment qiladi [23].
«Ikki qo‘g‘irchoq» va «Hayvonot bog‘ida» o‘yinlari
«Ikki qо‘g‘irchoq» о‘yini. Maqsad: kommunikativ va tinglab 
tushunish kо‘nikmalarini rivojlantirish. 


188
Kerakli jihozlar: 2 ta qо‘g‘irchoq va qо‘g‘irchoqlar uchun 2 ta 
kiyimlar tо‘plami (qog‘ozdan yasasa ham bо‘ladi) (Ilovaga qarang, 
59 bet). 
О‘yin qoidasi: О‘yinda ikkita guruh ishtirok etadi. Ularga 
qо‘g‘irchoqlarni kiyintirish vazifasi beriladi va kiyintirish 
jarayonida bolalar kiyimlarni nomini chet tilida aytishlari kerak 
bо‘ladi. Masalan: She has a blouse on. She has a dress on. She has a 
skirt on va boshqalar. Eng kо‘p jumlalarni tо‘g‘ri tuza olgan guruh 
g‘alaba qozonadi [23].
«Hayvonot bog‘ida» о‘yini. Maqsad: kommunikativ va tinglab 
tushunish kо‘nikmalarni rivojlantirish. 
О‘yin qoidasi: Bolalar hayvonlar rо‘lini о‘ynaydilar. О‘yinda 
ishtirok etayotgan hamma bolalar doira bо‘lib stulda о‘tiradilar. 
О‘qituvchining (о‘yin boshlovchisining) о‘ng tomonidagi stul bо‘sh 
qoldiriladi. О‘qituvchi о‘yin sо‘zlarini aytib о‘quvchilardan birini 
ismini aytib chaqiradi. Ismi aytib chaqirilgan bola о‘qituvchidan 
qaysi hayvon timsolida uning yoniga borishi kerakligini sо‘raydi 
va о‘qituvchi aytgan hayvon timsolida о‘qituvchining yoniga borib 
о‘tiradi. О‘yin shu tariqa davom etadi. О‘yin musiqa sadosi ostida 
olib borilishi ham mumkin.
T: My right, right place is free, 
And I want to see …(name) here. 
P: Like who must I come? 
T: Like a …(Animal name) [23]. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin