Педагогика indd


«To have» va «Stand up! Sit down!» o‘yinlari



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

«To have» va «Stand up! Sit down!» o‘yinlari
«To have» о‘yini. Maqsad: kommunikativ va tinglab tushunish 
kо‘nikmalarini rivojlantirish. 
О‘yin qoidasi: «To have» fe’li «Button» о‘yinida yaxshi 
о‘zlashtiriladi. Hamma о‘quvchilar qо‘llarini qayiqcha qilib doira 
shaklida turishadi. О‘yin boshlovchilaridan biri tugmachani hech 
kimga sezdirmay bolalarning birini qо‘liga solib qо‘yadi va ikkinchi 
о‘yin boshlovchisi tugmacha kimning qо‘lida ekanligini topishi kerak. 
Ikkinchi boshlovchi har bir bolaga quyidagicha murojaat qiladi: Button, 
button! have you a button? va no! degan javobni eshitadi, keyin xuddi 
shu savol bilan boshqa bolalarga ham murojaat qiladi. Boshlovchi 
tugmacha kimning qо‘lidagini topgunga qadar о‘yin davom etadi. 
Boshlovchi faqat yuqorida keltirilgan sо‘zlardan foydalanishi mumkin. 
Bu о‘yin bolalarni nutqini rivojlantirishga qaratilgan [23].


189
«Stand up! Sit down!» о‘yini
О‘yinning birinchi kо‘rinishi. Maqsad: kommunikativ va tinglab 
tushunish kо‘nikmalarini rivojlantirish. 
О‘yin qoidasi: 
О‘qituvchi bolalarga Stand up! Sit down! – deb 
kо‘rsatma beradi va kо‘rsatmalariga mos harakatlarni bajaradi. Lekin 
о‘qituvchining harakatlari har bir kо‘rsatmalariga mos bо‘lishi shart 
emas. О‘quvchilar esa aksincha barcha harakatlarni о‘qituvchining 
kо‘rsatmalariga muvofiq bajarishlari shart. О‘quvchilardan qaysi 
biri о‘qituvchi bajargan notо‘g‘ri harakatni takrorlasa о‘yinda 
mag‘lub bо‘ladi. Eng e’tiborli о‘quvchi о‘yinda g‘olib bо‘ladi. Bu 
о‘yindan kichik jismoniy tarbiya sifatida foydalanish mumkin. 
О‘yinning ikkinchi kо‘rinishi. О‘yin qoidasi: Ushbu о‘yinning 
yana bir kо‘rinishi mavjud. Bunda о‘quvchilar о‘qituvchining 
kо‘rsatmalarini emas, balki iltimoslarini bajaradi. Masalan, quyidagi 
iborani eshitganda о‘rnidan turish kerak bо‘ladi: Stand up, please!, 
lekin – «stand up!» iborasini eshitganda harakatlanmaslik kerak
chunki bu yerda please! iltimos qilish formasi qо‘llanilmagan [23].

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin