195
yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash berilgan.
Davlat maktabgacha bo‘lgan
yoshdagi bolalarning, ayniqsa, yetim
bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalarning,
sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq
vaqt davolanishga hamda
reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek, kam
ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya
qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan
bolalarga qarab turish qisman yoki to‘liq davlat ta’minoti
asosida amalga oshiriladi. Yetim bolalar va ota-onasining yoki
boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
bolalar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. Yetim
bolalarga va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qarindoshlik
munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning
shaxsiy nomulkiy va
mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini
tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda o‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish,
protezlash, axborotni idrok etish
va qabul qilish vositalari, shuning-
dek, boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi [3].
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan
ta’lim faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga
ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish
hisoblanadi
va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi
rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi
va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi
mutaxassislarni jalb etgan holda, bola uning rivojlanishi)
uchun
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi [12].
Dostları ilə paylaş: