222
tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar
deb ataladi) va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi
o‘rinlarda qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va
vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek,
ularning
faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotlar o‘z faoliyatini o‘zbekiston
Respublikasi konstitusiyasiga, o‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga va o‘zbekiston Respublikasining
boshqa qonunlariga, o‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisi palatalari qarorlariga,
o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga,
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga,
ushbu nizomga hamda o‘z ustaviga amalga qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga,
shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan
bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda o‘qishini va tarbiyalanishini
tashkil etishga qaratilgan.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv
guruhlar tashkil etilishi
mumkin.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma
tipdagi
maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, o‘zbekiston Respublikasi
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan
muhrga hamda
shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna
hisobvaraqlariga ega.
7. nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka,
mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘z
ixtiyoridagi mol-mulk bilan
javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhrga va shtampga ega bo‘lishi mumkin.
8. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan
boshlab qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: