Педагогика indd


-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish 
tartibi
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa 
davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma 
tipdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin.
12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun 
guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun 
guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 4 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklardan biri bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 4 ta guruh:
eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun.
13. o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi jismoniy yoki psixik 
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 5 yoshga bo‘lgan bolalar kontingenti mavjudligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili yig‘ib boradi va bu ma’lumotni o‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
14. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkiloti Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘zbekiston 
Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent 
shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda maktabgacha 
ta’lim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent 
shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda sog‘liqni saqlash 
hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga 
bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi.


224
15. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar mavjud 
bo‘lsa, maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari sog‘liqni saqlashning 
hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
tashkilotini yoki qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish 
to‘g‘risidagi taklif bilan o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga 
murojaat qiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga bo‘lib 
chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qayd etilgan 
kasalliklar o‘sishini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika 
ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 
16. o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha tashkilotni yoki qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini 
tashkil etish masalasini o‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib 
olganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesiga, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.
17. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi. 
18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qo‘shma 
tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari o‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, 
o‘zgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta 
tashkil etiladi yoki tugatiladi. 
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent 
shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari 
bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin