Педагогика indd


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qo‘shma tipdagi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish 
25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar 
yil davomida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan 
xulosasi;
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga 
oshiriladi.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga jismoniy yoki 
psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalar:
bola qonuniy vakilining arizasi
o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 
vakolatli organ bergan yo‘llanma (qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti 
uchun);
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul 
qilinadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan 
guruhlarga, shuningdek, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv 
guruhlariga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar:
bola qonuniy vakilining arizasi;
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan 
xulosasi;
o‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul 
qilinadi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga 
mo‘ljallangan hamda inklyuziv guruhlarda bo‘lish davri, korreksion ishlari muddati 
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotga quyidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar qabul qilinmaydi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
asab tizimining organiq shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab 
turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va 
dekompensatsiya bosqichi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin