Педагогика indd


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish
54. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu 
tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
11-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qo‘shma tipdagi 
maktabgacha tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgan davri uchun olinadigan 
ota-onalar to‘lovi;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
57. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha byudjet mablag‘larini jalb qilish 
byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
58. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma tipdagi 
nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik ta’minlash 
muassis mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari 
hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga 
oshiriladi. 
59. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma tipdagi 
davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarning bo‘lgan davri uchun olinadigan ota-
onalar to‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda undiriladi.
60. nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi 


231
nodavlat maktabgacha tashkilotlarda bolalarning bo‘lgan davri uchun olinadigan 
xizmatlar haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar 
va tariflar bo‘yicha to‘lanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno.
61. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalardan kelgan tarbiyalanuvchilar 
uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlar asosida qonun hujjatlarida belgilangan 
miqdorlarda olinadi.
62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qo‘shma 
tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan 
tarbiyalanuvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari ro‘yxati 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi. 
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan umumiy tipdagi 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida 
nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagogik va 
tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga 
hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.
Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining jismoniy yoki psixik 
rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi 
pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim 
maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov 
to‘lanadi.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha 
tashkilot tegishli davlat organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat 
maktabgacha tashkilotining moliya-xo‘jalik faoliyati o‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy 
boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin