12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma tipdagi
davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotini boshqarish qonun hujjatlariga, ushbu nizomga va mazkur
tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti rahbari.
232
nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qo‘shma tipdagi
maktabgacha tashkilotlar o‘z boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.
69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti pedagogika kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini
ko‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik
yuklamasini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini
belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy
tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik
tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish
masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagogik xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qo‘shma tipdagi
davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda
ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu
tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek,
nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotining kuzatuv kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar
orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan
ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan
ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar,
byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish
to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga
taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat ixtisoslashtirilgan
233
maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkiloti
xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
71. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qo‘shma tipdagi davlat
maktabgacha tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi
o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
72. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qo‘shma tipdagi
davlat maktabgacha tashkilotiga o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi bilan kelishgan holda o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan
kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir rahbarlik qiladi.
73. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan
va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha
tashkilotning yoki qo‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari
hisoblanadi.
74. Mudir davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma tipdagi
davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi
75. Direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qo‘shma
tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis
oldida hisob beradi.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda,
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida
belgilanadi.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilot rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari o‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda psixolog, tibbiyot va pedagog xodimlardan iborat tibbiy-psixologik-
pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat ko‘rsatadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi:
bola qabul qilinganda uning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati
va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya
tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan individual yo‘nalishni ishlab chiqadi;
individual yo‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini
aniqlaydi va zarurat bo‘lsa, unga o‘zgartishlar kiritadi;
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o‘ziga o‘zi
xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-
tarbiya dasturlarini o‘zlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha
tashkilotda bo‘lgan muddat davomida uni Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga
qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqadi;
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bolaning
bo‘lish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini
tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi
234
maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu
tashkilotlarda bo‘lishini davom ettirish yuzasidan uni Tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiyaga tekshiruvga yuboradi.
Dostları ilə paylaş: |