Педагогика indd


-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

8-bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil 
etish monitoringini olib borish 
42. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar 
maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh 
boshqarmasi, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari maktabgacha ta’lim 
muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borishda:
maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish 
yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, tarbiyalanuvchilarning oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilib boradi; 
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga oshxonalarning moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritadi; 
monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari 
huzuridagi yig‘ilishlarda prokuratura, moliya, sog‘liqni saqlash, maktabgacha 
ta’lim bo‘limlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib boradi;
oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq 
bo‘lmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘radi.
43. hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan 
maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari 
va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi 
tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
44. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga 
muvofiq javob beradilar.
6-ilova
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi 626-son qaroriga 2-ILOVA 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom 
ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nIZoM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu nizom davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida 
sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda muassasa 
deb ataladi) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish sanitariya 
qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan 
holda amalga oshiriladi. 
3. Ushbu nizom talablari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha 
turdagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom 
ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy 
tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda autsorser deb ataladi) taalluqli 
hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishning 
autsorsing usulini joriy etish ustuvor hisoblanadi. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin