243
12. Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha
takliflar tuman
(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy maktabgacha
ta’lim bo‘limi deb ataladi) tomonidan har chorakda bir marotaba (keyingi
chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar) tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim
boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga (keyingi
o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) taqdim etiladi.
13. Hududiy boshqarmalar tushgan takliflarni umumlashtirib (keyingi
chorak
birinchi oyining 25-kuniga qadar) komissiyaga taqdim etadi.
14. Muassasalarda tarbiyalanuvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni
tashkil etish bo‘yicha tanlov o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan (keyingi chorak ikkinchi oyining 25-kuniga qadar)
oshkoralik,
mablag‘larning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
Tanlov o‘tkazish bo‘yicha e’lonlar o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligining internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining maxsus
bo‘limiga joylashtiriladi.
15. Autsorserlar uchun qo‘yiladigan umumiy talablar o‘zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va vazirlikning internet jahon
axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining maxsus bo‘limiga joylashtiriladi.
Autsorserlarga muassasaning
hududiy joylashuvi, ixtisoslashuvi va boshqa
xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha texnik talablar qo‘yilishi mumkin.
16. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (keyingi
chorakning uchinchi
oyining 5-kuniga qadar) tanlovda g‘olib chiqqan autsorser bilan muassasalarda
autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini ko‘rsatish
bo‘yicha tegishli shartnomalarni o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va vazirlikning internet
jahon axborot
tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining maxsus bo‘limiga joylashtirilgan namunaviy
shakl asosida tuzadi.
17. Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish
tartibi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Komissiya autsorser faoliyati yuzasidan alohida monitoring olib boradi.
Shuningdek, ularning faoliyati natijalariga ko‘ra, Autsorserni «insofli ijrochi» yoki
«insofsiz ijrochi» ro‘yxatiga kiritish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: