23
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini
shakllanayotganligi.
Aynan shu omillar bola shaxsining
jismoniy rivojlanish, о‘z-
о‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy
rivojlanish, nutq, о‘qish
va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni va atrof-muhit tо‘g‘risidagi
bilimlarga ega bо‘lish yо‘nalishlariga mos tarzda umumiy
rivojlanishini taminlaydi.
Mazmun jihatdan dastur tarkibiga:
jismoniy rivojlanish, о‘z-о‘ziga xizmat va gigiyena;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, о‘qish
va savodga tayyorgarlik;
bilish jarayoni va atrof-muhit tо‘g‘risidagi bilimlarga ega bо‘lish
yо‘nalishlarida ta’lim-tarbiya vazifalari kiritilgan [11].
«Bolajon» tayanch dasturining tuzilmasi:
kirish
1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
2. Jismoniy rivojlanish.
3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yillik
va jami).
4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.
5. nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.
6. Bilish jarayoni: atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish
va uni anglash.
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
Mashg‘ulotlar mavzuli-taqvim rejasi yoshlar bo‘yicha berilgan:
Ilk yosh guruh (2-3 yosh).
kichik guruh (3-4 yosh).
o‘rta guruh (4-5 yosh).
katta guruh (5-6 yosh).
Maktabga tayyorlov guruh (6-7 yosh) [16].
Ushbu «Bolajon» dasturi bolani shaxs sifatida shakllantirishda
maktabgacha ta’lim tizimi mutaxassislari va
ota-onalar uchun eng
yaqin maslahatchi bо‘lib xizmat qilgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligining О‘quv-metodik majmualarni
yaratishni muvofiqlashtirish va metodik
xizmatni tashkil etish
boshqarmasi xodimlari tomonidan «Ilk qadam» davlat dasturi
amaliyotga joriy etilgan. «Ilk qadam»
dasturining muhim jihati
24
bolaning rivojlanish kartasining yuritilishidir. U о‘zida bolaning 3
yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davrini qamrab oladi. Karta bir yilda
uch marta tо‘ldiriladi va bola bog‘chada tarbiyalanganidan sо‘ng,
ya’ni 6-7 yoshida uning maktabga tayyorligi kartasi bilan ta’lim
dargohiga yuboriladi.
Dastur О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori
bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. MTM
davlat о‘quv dasturi variativ о‘quv dasturlarini yaratishda majburiy
tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ о‘quv dasturlaridan
foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim muassasasi
davlat
о‘quv dasturi asosida о‘zining MTM ishchi о‘quv dasturini ishlab
chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi о‘quv dasturi
muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda
tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi [12]. Dastur
quyidagilardan iborat (1.3-jadvalga qarang):
Dostları ilə paylaş: