Педагогика indd



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Boshqaruv uslubi
– bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan 
muammolarni hal qilish usullari, yо‘llari majmuidir. 
Ish uslubi – bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish 
maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bо‘ysunuvchilarga 
aniq, va nisbatan barqaror ta’sir kо‘rsatish usuli va yо‘llari 
majmuyidir. 
Masalan: 
mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; 
vazirlik, qо‘mita, hokimlarning ish uslubi; 
sud, prokuraturaning ish uslubi; 
korxona, sexlarning ish uslubi; 
ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar. 
Boshqaruvning turli pog‘ona va bosqichlarida turgan boshqaruv 
organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. shu nuqtayi 
nazardan ish uslubi g‘oyat kо‘p qirrali tushunchadir. 
Rahbarning ish uslubi
– bu boshqaruv jarayonida u yoki bu 
masalani hal kilishda uning о‘ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror 
qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qо‘l ostidagi 
kishilar ishini nazorat qilganda u о‘z vazifalariga muvofiq ish 
kо‘radi. Biroq har bir rahbar bunda о‘ziga xos ravishda, boshqaruv 
jarayonida о‘zi uchun mos bо‘lgan, О‘z rahbarlik uslubini belgi-
laydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi 
bо‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yuq. Rahbarlik 
uslubi rahbarlarning о‘z qо‘l ostidagilari bilan aloqasida, ularning 
о‘zaro munosabatlarida tarkib topadi. Uslub boshqaruv organining 
intellektual salohiyoti, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan 
belgilanadi (2.4-jadvalga qarang):


43
2.4-jadval
Rahbar turlarining о‘ziga xos xususiyatlari

Belgilari
Avtoritar 
rahbar
Demokratik 
rahbar
Liberal 
rahbar
1
Qaror qabul 
qilishda
Yakkabosh, 
jamoa 
fikri bilan 
hisoblashmaydi
Jamoa fikri bilan 
hisoblashadi
Kо‘rsatma-
ga binoan
ish tutadi
2
Qaror 
yechimlarini 
bo‘ysunuvchi-
larga yetkazishda
Yozma va 
og‘zaki buyruq, 
kо‘rsatma 
orqali
Taklif orqali
Iltimos qilish, 
yalinish orqali
3
Mas’uliyatni 
taqsimlash
Tо‘la-tо‘kis 
rahbar qо‘lida
Vakolatiga binoan
Tо‘la-tо‘kis 
ijrochilar-
ning foiziga 
kо‘ra
4
Bo‘ysnuvchilar-
ning tashabbus-
korligiga
Yо‘l qо‘yadi
Rarbatlantiradi va 
foydalanadi
Tо‘la-tо‘kis 
tayanadi
5
kadrlarni 
tanlashda
kuchli raqobat-
doshlardan
qutulish 
tarafdori
Ishchan, bilimdon 
xodimlarga mо‘ljal 
oladi va ularning 
о‘sishiga yordam 
beradi
Beparvo
6
Bilimga bо‘lgan 
munosabatda
hamma narsani 
о‘zim bilaman 
deb hisoblaydi
Muttasil о‘qiydi 
va qо‘l ostidagi 
bo‘ysunuvchilar-
dan ham shuni talab
qiladi
e’tiborsiz,
baribir,
beparvo
7
Muomalada
salbiy, masofa 
saqlaydi
Ijobiy, muloqotda 
kirishimli va faol
Tashabbus 
kо‘rsatmaydi
8
Bo‘ysunuvchi-
larga nisbatan
Kayfiyatiga 
qarab muomala 
qiladi, asabiy
har xil, talabchan, 
xayrixoh, andishali
Talabchan 
emas, 
muloyim
9
I
ntizomga 
nisbatan
Qattiq, rasmiy, 
yuzaki
Maqsadga muvofiq 
talab qiladi
Yumshoq, 
yuzaki
10
Rag‘batlantirish-
ga nisbatan
onda-sonda 
pag‘batlantirib, 
tez-tez jazolash 
tarafdori
onda-sonda 
jazolab, tez-tez 
rarbatlantirish 
tarafdori
Aniq mо‘ljali 
yо‘q


44
 
kasbiy faoliyatni tashkil etishda rahbar quyidagi majburiyatlarni 
bajara olishi zarur: 
muayyan rahbarlik vazifalarini, asosan, aqliy mehnat vazifalarini 
amalga oshirish
xodimlar, hamkasblar bilan о‘zaro munosabatni tо‘g‘ri tashkil 
etish; 
amaldagi lavozimiga, jamoaga hamda jamiyatga bо‘lgan shaxsiy 
munosabatini chuqur anglash. 
Pedagogik majburiyatlar sirasidan, yana shuningdek, kasbiy 
faoliyatni tashkil etishga ijodiy munosabatda bо‘lish, о‘ziga 
nisbatan talabchanlik, kasbiy bilimlarini boyitib va malakasini 
oshirishga intilish, xodimlar bilan о‘zaro hurmatga asoslangan va 
talabchan munosabatni о‘rnatish, murakkab nizolarni ijobiy hal 
qilish kо‘nikmalarini о‘zlashtirish kabilar ham о‘rin oladi.
Rahbar madaniyati deganda rahbar odobi va iqtidori о‘rtasidagi 
dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi fazilatlar 
majmuida о‘z aksini topadi:
Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor. odob 
– aqlning suyanchig‘i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga 
xalqimizda «Aql bilan odob – egizak» deyishmaydi. odob - 
yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar 
orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi о‘z jonini 
yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, 
chiroyli fazilatlardan bezaydi. odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan 
qurollantiradi. natijada aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi 
bо‘ladilar. Odobli rahbar esa kundan-kunga obrо‘ topadi, nufuzi 
oshadi, ishlari ravnaq topadi. Ba’zi xakimlar odobni eng mas’um 
va kо‘rkam fe’lga ega bо‘lish desalar, ba’zilari nafsni barcha 
kasb, odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi odobning 
mavjudligi, bu noyob ne’matning mavjudligidir
kvalimetriya – tabiatdagi barcha obyektlarni va jamiyatda 
sodir bо‘ladigan barcha jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida 
yaratilgan mahsulotlarning sifatini miqdoriy baholash muammolari 
va metodologiyasini о‘rganuvchi ilmiy fan. Kvalimetriya fan 
sifatida о‘rganilishi va baholanishi lozim bо‘lgan obyektning 
sifatini belgilovchi hajm, birlik, shkala, talablar yordamida mazkur 
obyektning sifat va miqdor kо‘rsatkichlarini aniqlashni belgilangan 


45
va qabul qilingan о‘lchov jarayonini amalga oshirish nazariyasi 
asosida о‘rganadi. 
hozirgi zamon nuqtayi nazaridan kvalimetriyaning sifat 
kо‘rsatkichlari ikkita yirik guruh: tabiiy va ijtimoiy kо‘rsatkichlarga 
ajratib о‘rganiladi. 
Tabiiy kо‘rsatkichlar о‘z navbatida: о‘rganilayotgan obyektning 
fizikaviy, kimyoviy va biologik miqdor kо‘rsatkichlariga ajratiladi. 
Ijtimoiy kо‘rsatkichlar jamiyat taraqqiyotining muayyan 
bosqichidagi voqea-hodisalar, ishlab chiqarish va iste’mol 
mahsulotlari, pedagogik jarayonlar, shaxsning ijtimoiy va mustaqil 
hayotdagi mavqei va о‘rni, savodxonligi, tarbiyalanganlik darajasi, 
shaxs kamolotiga qо‘llaniladi . 
kvalimetriya yuqorida qayd etilgan har bir guruhning miqdor 
va sifat kо‘rsatkichlarini yaxlitlikda о‘rganadi va baholashning 
umumiy tartibini ishlab chiqadi.
kvalimetriyaning uchta: nazariy (umumiy), maxsus, va amaliy 
tarmoqlari mavjud. 
nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi 
(abstraksiyalanadi) va uning sifat kо‘rsatkichlarining umumiy 
qonuniyatlari va matematik modellari о‘rganiladi. Nazariy 
kvalimetriyaning tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish 
mahsulotlari, obyekt va subyektlarning sifatini miqdoriy 
baholashning falsafiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish 
sanaladi. nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt 
va jarayonlarning sifatini baholash metodikasi va nazariy asoslari 
umumiy xususiyatga ega. 
Maxsus kvalimetriya turli xildagi va har xil maqsadda 
foydalaniladigan aniq obyektning sifatini baholashning aniq 
metodikasi va matematik modelini ishlab chiqadi. Maxsus 
kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik-statistik, indeksli, kvalimetrik 
taksonomiya kabi turlari mavjud.
Amaliy kvalimetriya – texnika, ishlab chiqarish, inson mehnati 
faoliyati, turli loyiha va jarayonlarning sifatini baholashni ishlab 
chiqadigan soha sanaladi. Amaliy kvalimetriyaning boshqa fanlar 
bilan о‘zaro bog‘lanib, texnik kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya, 
pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya 
va hоkаzo tarmoqlari mavjud (2.5-jadvalga qarang):


46

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin