Педагогика indd


-jadval Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar davomiyligi



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

3.2-jadval
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi guruhlar davomiyligi

Guruhlar
Guruhlar 
davomiyligi
Uyqu
Ovqatlantirish
1
bolalar qisqa 
vaqt bo‘ladigan 
guruhlar
3-4 soat
kunduzgi 
uyqu
bir martalik 
ovqatlantirish
2
to‘liq kunli 
guruhlar
9, 10, 5 soat
kunduzgi 
uyqu
uch martalik 
ovqatlantirish
12 soat
to‘rt martalik 
ovqatlantirish
3
bolalar kecha-yu 
kunduz bo‘ladigan 
guruhlar
kunduzgi 
va tungi 
uyqu
besh martalik 
ovqatlantirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
pedagog-xodimlarining kasbi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tаshkil etilgungа qаdаr tаrbi-
yachi tushunchаsi pedagog xodimlari tushunchаsigа o‘zgаrtirildi. 
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib 
tayyorlashdek muhim, faxrli va ish bilan birga mas’uliyatli vazifani 
bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati 
uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, 


56
ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini 
doimo takomillashtirib borishga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan 
ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonuniyatlarini tushunishi, 
ijtimoy faol bo‘lishi, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi 
va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi lozim. shuningdek, 
tarbiyachining pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy 
nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish 
muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Buning uchun 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy 
qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy 
madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy 
sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. 
har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz 
maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga 
oshirishning garovidir. Bunga quyidagilar kiradi:
1. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash.
2. Aqliy qobiliyatini o‘stirish.
3. Milliy qadryatimiz va ma’naviyatimizning g‘oyaviy-aqliy 
tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
4. ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
5. Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik va 
mehnatsevarlikni tarkib toptirish [25; 30-31-b.].
Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati 
sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay 
olishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan 
xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va 
uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak:
nutqning aniqligi; nutqning irodaviyligi; nutqning sofligi (uning 
turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etish
jargon, (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar) 
varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqsa o‘zga 
millatlarga xos so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi) vulgarizm (harakat 
qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm 
(o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan 
xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli 
bo‘lishi kerak;


57
nutqning ravonligi; nutqning boyligi (so‘zlash jarayonida 
maqsadga muvofiq tarzda hikmatli so‘zlar, maqollar, ko‘chirma 
gaplardan foydalana olish) [25; 33-34-b.].
Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda 
o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini 
jalb qilib faolligini o‘stirish bolalarni xulqini xatti-harakatini real 
baholay olishi kerak. har bir faoliyat uchun kerakli materialni 
oldindan tayyorlab qo‘yishi yangi bilimni egallagan bilimlari bilan 
bog‘lay olishi hamda bolalar egallab olishi lozim bo‘lgan bilim, 
malaka va ko‘nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo‘lishi 
va ularni asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak.
o‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida»gi qonunining 39-moddasida maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va majburiyatlari 
berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini 
o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan 
ish turlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya 
jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga 
zid bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish 
taqiqlanadi [3] (3.3-jadvalga qarang):

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin