Педагогика indd


-jadval Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

3.3-jadval
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining 
huquq va majburiyatlari
Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining pedagog 
xodimlari huquqlari
Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining pedagog 
xodimlari majburiyatlari
kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va 
ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim 
va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv 
qo‘llanmalari hamda ta’lim vosita-
bolalarga professional darajada 
ta’lim va tarbiya berishi;
pedagogik etikaga rioya etishi, 
bolaning sha’ni va qadr-qimmatini 
himoya qilishi, bolalarni zo‘ravonlik


58
larini erkin tanlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotini 
boshqarishda ishtirok etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining 
ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda 
ishtirok etish;
pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyat-
lar uchun ma’naviy va moddiy rag‘-
batlantirilish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasi-
dagi ilmiy, innovatsion, xalqaro 
faoliyatda ishtirok etish
ko‘rinishlaridan himoya qilishi, 
ularni vatanparvarlik, mehnatga, 
qonuniy vakillariga hurmat bilan 
va atrof-muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo‘lish ruhida tar-
biyalashi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning 
davlat ta’lim dasturini bajarishi;
o‘z malakasini oshirishi;
o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va 
pedagogik mahoratini tako-
millashtirishi shart
o‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida»gi qonunining 40-moddasida davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi 
berilgan. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog 
xodimlari uchun haftalik ish yuklamasining miqdorlari qonun 
hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining pedagog xodimlarining haftalik ish yuklamasi 
ushbu ish turi bo‘yicha ish vaqti normalangan davomiyligining bir 
yarim baravari miqdoridan oshmasligi kerak. Qonun hujjatlarida 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarining 
ayrim toifalari uchun haftalik ish yuklamasining boshqacha 
davomiyligi belgilanishi mumkin [3].
o‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida»gi qonunining 41-moddasida maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va dam olishi 
belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining 
mehnatiga haq to‘lash miqdori va tartibi qonun hujjatlarida 
belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining 
lavozim maoshlari quyidagilar asosida shakllantiriladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimining lavozimi va 
malaka toifasiga muvofiq belgilangan bazaviy tarif stavkalari;
lavozim maoshlariga ustamalar va qo‘shimcha haqlar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlari uchun 
quyidagi malaka toifalari belgilanadi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega mutaxassis;


59
bakalavr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha akademik 
darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga ega 
mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha 
akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga 
ega ikkinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha 
akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga 
ega birinchi toifali mutaxassis;
bakalavr, magistr darajasiga yoki oliy ta’lim darajasi bo‘yicha 
akademik darajalar joriy etilguniga qadar olingan oliy ma’lumotga 
ega oliy toifali mutaxassis.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xodimlariga ish vaqtining 
qisqartirilgan muddati belgilanadi, har yilgi uzaytirilgan haq 
to‘lanadigan ta’til va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar 
beriladi [3].
o‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida»gi qonunining 42-moddasida pedagogning kasbiy stan-
darti va 43-moddasida esa maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 
pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish belgilab berilgan. 
Pedagogning kasbiy standarti hududlarning madaniy, demografik va 
boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda talablar bilan to‘ldirilishi 
mumkin. Pedagogning kasbiy standarti pedagogning shaxsiy sifat-
lariga nisbatan uning bilimlari, mahorati va ko‘nikmalaridan ajralmas 
bo‘lgan talablar qo‘yadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining 
kasbiy standarti o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. Pedagogning malaka toifasi pedagogning 
kasbiy standartiga muvofiq beriladi [3] (3.4-jadvalga qarang):

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin