121
reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek
kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy
himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. Jismoniy
yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan bolalarga qarab
turish qisman yoki to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotida
bo‘ladi. Yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek,
ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish
huquqi kafolatlanadi. ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-
harakat apparatini tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalar o‘zbe-kiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib-da
o‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish
vositalari, shuningdek, boshqa individual tuzatish vositalari bilan
ta’minlanadi [3].
Dostları ilə paylaş: