Педагогика indd


-BOB.  MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA’LIMIGA



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

8-BOB. 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA’LIMIGA 
KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Reja:
8.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning asosiy umumiy 
kompetensiyalari.
8.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
Tayanch so‘z va iboralar:
kompetensiya, umumiy kom-
petensiyalar, kommunikativ kompetensiya, o‘yin kompetensiyasi
ijtimoiy kompetensiya, bilish kompetensiyasi, bola rivojining 
sohalari, jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining 
shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va 
yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning asosiy umumiy 
kompetensiyalari
Kompetensiya – u yoki bu soha bo‘yicha bilimdonlik [25; 62-b.]. 
«kompetensiya» (lot. competo – erishayapman, munosibman, 
loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi 
boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki 
boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari 
doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba [29; 682-b.].
Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir-birini o‘rnini egallaydi 
(to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona 
izohlash yo‘q, bu tushuncha «vakolatlar yig‘indisi (huquq va 
majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning qonun, 
nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa holatlar», 
«nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega 
bo‘lish (egalik qilish)», «kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan savollar 
to‘plami (sohasi)» tushuniladi [24; 209-210-b.]. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga 
tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur 
bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa 


124
insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq 
bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda 
tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va 
axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari 
majmuyidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan 
qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi [12]. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy 
muhim kompetensiyalari «Ilk qadam» davlat dasturida berilgan 
(8.1-jadvalga qarang): 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin